
Yig'ilishda yubiley - XXX milliy chempionatga tayyorgarlikning eng muhim masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Federatsiya rahbari yangi mavsum oldidan Oliy liga ishtirokchilari yangi maqom, yangicha yondashuv va katta maqsadlar bilan chempionatga qadam qo'yayotganini ta'kidladi. Ayni paytda deyarli barcha klublarning mas'uliyati cheklangan jamiyat (MCHJ) shaklida qayta ro'yxatdan o'tkazilgani ular uchun yangi imkoniyatlar bilan birga, yanada katta mas'uliyat ham yuklashini qayd etdi.
Uchrashuv davomida klublar mutasaddilarining fikr va takliflari tinglanib, mavsum oldidan mavjud muammolar muhokama qilindi. Jamoalar tarkibi, klublarda yaratilgan shart-sharoitlar, moliyaviy va tashkiliy masalalar, shuningdek, uzoq davom etadigan chempionat bahslariga tayyorgarlik holati yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Bugungi islohotlar - ertangi natijalar poydevori. Shu nuqtayi nazardan, klublarning mustaqil va professional subekt sifatida shakllanishi mamlakat futzali taraqqiyotida muhim qadam sifatida baholandi.
O'FF rahbari klublarning ayni paytdagi holati va mavsumga tayyorgarligi haqida etarlicha axborotga ega ekanini ta'kidlab, barcha jamoalarni yubiley chempionatni yuqori saviyada o'tkazishga chaqirdi.
Asosiy maqsad - futzal ishqibozlariga murosasiz kurashlarga boy, qiziqarli va sifatli chempionat taqdim etish, klublar salohiyatini oshirish hamda xalqaro maydonlarda mamlakatimiz sharafini himoya etuvchi terma jamoalarga munosib zaxira tayyorlashdir, - dedi Bekzod Mamatqulov.
Shu bilan birga, klublar rahbarlari va murabbiylariga yosh futzalchilar bilan ishlashni yanada kuchaytirish, terma jamoalarga munosib o'rinbosarlar tayyorlash jarayonida faol ishtirok etish vazifasi yuklatildi.
XXX milliy chempionat - yangi tarix, yangi bosqich va yangi mas'uliyat!
Maqsad bitta - O'zbekiston futzalini yanada yuqori pog'onaga olib chiqish!










![]() | 11.08.2026 19:48 Ўқилди 96282 37 yoshli Aleksis Sanches MLS klubi bilan bitim tuzdi |
![]() | 11.08.2026 21:16 Ўқилди 23843 Pogba Angliyadagi "Monako" yig'inida jarohat oldi va mashg'ulosni muddatidan oldin tark etdi |
![]() | 18.08.2026 01:00 Ўқилди 21198 FIFA Infantinoning JCH huquqlarini sotish rejasini tanqid qilgan operaciyalar direktori Lyamurni ishdan bo'shatdi |
![]() | 16.08.2026 01:16 Ўқилди 14350 Saudiya Arabistoni Pro ligasi. Ronaldusiz "Al Nassr" chempionatni yirik hisobdagi g'alaba bilan boshladi, "Al Ittihod" esa ochko yo'qotdi |
![]() | 16.08.2026 19:08 Ўқилди 5989 Superliga. "Nasaf" – "Paxtakor" (matnli translyatsiya) |
![]() | 11.08.2026 19:24 Ўқилди 5379 Elit OCHL o'tish o'yini: "Paxtakor" – "Al Hussayn". Tarkiblar ma'lum |
![]() | 17.08.2026 23:32 Ўқилди 3946 "Galatasaroy" prezidenti O'zbek Brunu uchun MYUga 35+15 mln evro, yarim himoyachiga esa yiliga 21 mln evro taklif qilishga tayyor |
![]() | 16.08.2026 08:32 Ўқилди 3079 Yangi mavsum oldidan "Manchester Siti"ning sardorlari e'lon qilindi |
![]() | 17.08.2026 19:56 Ўқилди 2984 Buskets “Barselona”ga qaytdi |
![]() | 11.08.2026 18:56 Ўқилди 2939 Fati ”Oltin to'p” haqida: “Rodri, Messi va Mbappe JCHni ajoyib o'tkazishdi. Kurash juda shiddatli kechadi” |
Реклама
Сайт хақида
