
Championat.asia sayti turning eng yaxshilarini aniqladi.
Tur murabbiyi - Bobur Abdurahmonov ("Paxtakor farm")
“Paxtakor farm” bu turda “Lochin” bilan o'ynadi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Mazkur g'alabada toshkentliklar yosh ustozi Bobur Abdurahmonovning o'rni beqiyos. U o'yin uchun to'g'ri taklika tanlagani va yosh “sherlar”ni o'yinga puxta hozirlagani bahs mobaynida yaqqol bilinib turdi. "Paxtakor farm” uning ko'rsatmalarini to'kis ado etgani evaziga jamoa mavsumdagi ikkinchi g'alabasini tantana qildi. Shunday qilib, 34 yoshli mutaxassis tur murabbiyi nomiga loyiq deb topildi.

Tur futbolchisi - Akbarxon Ibrohimxonov ("Yaypan")
“Yaypan” bu turda “TerDU” mehmoni bo'lib, 2:1 hisobida g'alabaga erishdi. Mazkur g'alabada Akbarxon Ibrohimxonovning say-harakatlari muhim o'rin tutdi. Boisi, 19 yoshli hujumchi 15-daqiqada gol urdi, 42-daqiqada esa jamoasi foydasiga penalti ishladi. Shu tariqa, Ibrohimxonov 15-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Tur darvozaboni - Asqarjon Qudratov (“Olimpik-MobiUz”)
“Olimpik-MobiUz” ortda qolgan turda “G'azalkent” bilan to'qnash kelib, 1:0 hisobida zafar quchdi. Bahs mobaynida Asqarjon Qudratov bir qator vaziyatlarda jamoasini muqarrar gollardan asradi va uchrashuvda darvozasini “quruq” saqladi. Shu tariqa, 21 yoshli posbon tur darvozaboni nomiga loyiq ko'rildi.

Tur goli - Nurmuhammad Namozov (“TerDU”)
Yuqorida takidlanganidek, “TerDU” bu turda “Yaypan” bilan bahs yuritib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shunga qaramay, tur goli aynan termizliklar yarim himoyachisi tomonidan urildi. Nurmuhammad Namozovning 45+2-daqiqada jarimadan yo'llagan zarbasidan so'ng to'p darvoza to'ridan joy oldi, darvozabon bu zarba oldida ojiz qoldi. Quyida mazkur golni tomosha qilishingiz mumkin.

![]() | 11.08.2026 19:48 Ўқилди 96198 37 yoshli Aleksis Sanches MLS klubi bilan bitim tuzdi |
![]() | 11.08.2026 21:16 Ўқилди 23741 Pogba Angliyadagi "Monako" yig'inida jarohat oldi va mashg'ulosni muddatidan oldin tark etdi |
![]() | 11.08.2026 01:08 Ўқилди 18960 Endrik yozda "Real"ni tark etmaydi – qarorni hujumchi, klub va Mourinyu qabul qildi |
![]() | 16.08.2026 01:16 Ўқилди 14287 Saudiya Arabistoni Pro ligasi. Ronaldusiz "Al Nassr" chempionatni yirik hisobdagi g'alaba bilan boshladi, "Al Ittihod" esa ochko yo'qotdi |
![]() | 16.08.2026 19:08 Ўқилди 5929 Superliga. "Nasaf" – "Paxtakor" (matnli translyatsiya) |
![]() | 11.08.2026 19:24 Ўқилди 5343 Elit OCHL o'tish o'yini: "Paxtakor" – "Al Hussayn". Tarkiblar ma'lum |
![]() | 10.08.2026 17:16 Ўқилди 3117 Rasman: “Xorazm”ga "Andijon" sobiq a'zosi, rossiyalik himoyachi va braziliyalik hujumchi keldi |
![]() | 09.08.2026 01:08 Ўқилди 3046 Ilyos Zeytullaev: "Bizga ajratilgan 5 mlrdning 2,5 mlrdi darhol soliqqa ushlab qolindi, qolgani esa..." |
![]() | 16.08.2026 08:32 Ўқилди 3034 Yangi mavsum oldidan "Manchester Siti"ning sardorlari e'lon qilindi |
![]() | 11.08.2026 18:56 Ўқилди 2903 Fati ”Oltin to'p” haqida: “Rodri, Messi va Mbappe JCHni ajoyib o'tkazishdi. Kurash juda shiddatli kechadi” |
Реклама
Сайт хақида
