"Real”, "Barsa" va "Atletiko" Smitga qiziqmoqda. Yarim himoyachi uchun 60 million evro so'ralishi mumkin
17.08.2026 00:48 Ўқилди: 564
Shu bilan birga, Kataloniya klubi hozirda "Manchester Siti"dan Rodrining transferiga e'tibor qaratayotgani takidlanmoqda. “Qaymoqranglilar” o'z navbatida tarkib etarli darajada to'ldirilgan deb hisoblaydi va agar o'z futbolchilaridan birini sotmasa, joriy transfer oynasida yangi futbolchilarni sotib olishni rejalashtirmayapti. "Matraschilar" allaqachon Smit bilan bir xil poziciyada o'ynaydigan Morten Yulmand bilan shartnoma imzolagan.
Qayd etilishicha, "Atletiko" qishda Kesning transferi ustida ishlagan, biroq AZ futbolchini qo'yib yuborishdan bosh tortgan.
20 yoshli futbolchi hozirgi jamoasida yana bir mavsum qolishini, ammo kelasi yozda uni tark etishini istisno etmaydi. Uning transfer narxi 60 million evroni tashkil etishi mumkin.
Yarim himoyachi Niderlandiya chempionatining o'tgan mavsumida 26 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.