Kanselu "Barsa"ga qaytmoqda. Himoyachi "Al Hilol" bilan shartnomani bekor qilishga kelishib oldi va kelasi hafta boshida Ispaniyaga jo'nab ketadi
16.08.2026 23:48 Ўқилди: 299
32 yoshli himoyachining "Al Hilol" bilan shartnomasini bekor qilish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Bugun kechqurun ma'lum bo'lishicha, Kanselu kelasi hafta boshida Ispaniyaga jo'nab ketishga ruxsat olgan.
Insayder Fabricio Romanoning jurnalist Fernando Pologa tayanib xabar berishicha, Joau iyun oyida "Barsa" bilan kelishuvning barcha shartlarini kelishib olgan va endi shartnoma imzolashga tayyor.
Portugaliyalik futbolchi o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini "blaugrana"da ijara asosida o'tkazdi. 2023/24-yilgi mavsumda kataloniyaliklar uni "Manchester Siti"dan ijaraga olishgandi.