
- O'yin haqida fikringiz?
- Bugun ozroq omadimiz kelmadi. Mag'lubiyatga munosib emasdik. O'yinni hayajon bilan boshladik, xatoga yo'l qo'ydik va gol o'tkazib yubordik. Shunga qaramay ikkinchi bo'limda o'zimizga kelib oldik. Hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldik. "Paxtakor"ning zaxiradan tushgan futbolchilari bahs taqdirini hal qildi.
- Birinchi golda Alibek Davronov xatoga yo'l qo'ydimi yoki darvozabon oldinga chiqib ketdimi?
- Menimcha, Alibekning xatosi ko'proq, chunki har qanday holatda u to'pga birinchi keldi va boshqacha qaror qabul qilsa bo'lardi. Bu yerda futbolchi texnik xatoga yo'l qo'ydi. Umuman olganda Alibek bahsni yaxshi o'tkazdi. Bugun maydonga tushgan hamma o'yinchilarimiz borlarini berib harakat qilishdi. Stadionga kelgan muxlislar ham yaxshi qo'llab turishdi. Afsus, ijobiy natija ko'rsata olmadik. "Paxtakor"ga ikkita yaxshi tarkibi borligi yordam berdi.
- Akrom Komilovning o'yinidan qoniqmagandek ko'rindingiz?
- Qoniqmaganim uchun zaxiraga oldim. O'yinga tezlik qo'shishimiz kerak edi. Ikkinchi taymni yaxshi boshladik, bir nechta hujumlar uyushtirdik, to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi. Omadimiz kelganida hisob boshqacha bo'lardi.
- Shalaning o'yini juda yaxshi, lekin uni doim zaxiraga olyapsiz.
- Chunki toliqib qolyapti, shu bois zaxiraga olyapmiz. Zaxiradan tushganlar o'yinni kuchaytirishga harakat qilmoqda.
- Navbatdagi uchrashuv "Navbahor"ga qarshi safarda kechadi. Bugun "Nasaf" ko'p kuch yo'qotdi. Keyingi muhim uchrashuv oldidan bu sizni xavotirga solmaydimi?
- Albatta, biz shuni inobatga olgan hozirlik ko'rishimiz kerak. O'zimiz xohlagan tarkibni yig'a olmadik, bunga imkoniyatimiz ham bo'lmadi. Bor yigitlardan foydalanishga harakat qilamiz.
- Gruziyalik futbolchi bugun ko'rinmadi.
- U oxirgi bir oy futbol o'ynamadi, jismoniy holati yaxshi emasdi. Hozir moslashuv jarayonini kechiryapti.
- Jarima zarbalari Zafarmurodga topshirilyapti, lekin u ishonchni oqlay olmayapti. Balki Sardor Bahromovga berish kerakdir? Umuman jarima zarbasi kim tepishiga qanchalik aralashasiz?
- Jamoamizda standart vaziyatlarni yaxshi amalga oshiradigan bir nechta yigitlar bor. Zafarmurodning o'yinida pasayish bor, balki bu ko'p o'yinlarda maydonga tushayotgani bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Bu futbolchimiz bundan-da yaxshi harakat qila oladi, jarima zarbalarini ham yaxshi amalga oshirishiga ishonchimiz komil. Lekin bugungi zarbasi juda noaniq bo'ldi.
- Kuchli tarkibni yig'a olmadik deb aytib o'tdingiz. Kimlarni olib kelishni xohlagan edingiz? Ro'yxatni ayta olasizmi?
- Asosan legionerlar, bo'lib ham kuchli legionerlar. Lekin imkoniyatimiz cheklangani bois jamoaga chaqira olmadik. Oldingizda uchta variant bo'ladi: yaxshi, o'rta va oxirgi. Biz oxirgi variant bilan cheklandik.
- O'zingiz futbol o'ynagan davrni eslasak. O'sha paytlari futbolchilar "Nasaf"dan "Paxtakor"ga o'tsa buni muxlislar hazm qila olmasdi deyishadi. O'sha payt bilan taqqoslaganda hozir vaziyat qanday?
- Futbolchilar boshqa jamoaga o'tib ketsa muxlislar uchun sadoqati yo'qdek ko'rinsa-da, professional futbolchining faoliyati shunaqa bo'ladi. Albatta, biz ham o'zimizning yigitlar shu yerda qolib o'ynashlarini xohlaymiz. Lekin qaror futbolchida qolgan, biz hech narsa deya olmaymiz.
- Mana o'zingiz muqim "Nasaf"da o'ynagansiz, hech qaerga ketmagansiz. Nima uchun shogirdlarga shuni tushuntirmayapsiz?
- Endi shogirdlar juda ko'p, har bir jamoaga qarshi o'ynaganimizda raqib safida ikki-uch nafar shogirdlarni ko'ramiz. Nimayam derdik, bu futbol, har kimning o'z qarashi bor. Sodiq yigitlar ham bor. Kimdir ketadi, kimdir qoladi. Futbolchi futbol orqasidan hayotini to'g'rilashga harakat qiladi, bu vaziyatni juda yaxshi tushunamiz. Sanaydigan bo'lsak, 50 nafardan ziyod futbolchi bizdan ketdi. Endi ko'plab futbolchilar biz uchun shogird, lekin ular ustoz sifatida tan oladimi bilmayman.
![]() | 11.08.2026 19:48 Ўқилди 96174 37 yoshli Aleksis Sanches MLS klubi bilan bitim tuzdi |
![]() | 11.08.2026 21:16 Ўқилди 23726 Pogba Angliyadagi "Monako" yig'inida jarohat oldi va mashg'ulosni muddatidan oldin tark etdi |
![]() | 11.08.2026 01:08 Ўқилди 18936 Endrik yozda "Real"ni tark etmaydi – qarorni hujumchi, klub va Mourinyu qabul qildi |
![]() | 16.08.2026 01:16 Ўқилди 14257 Saudiya Arabistoni Pro ligasi. Ronaldusiz "Al Nassr" chempionatni yirik hisobdagi g'alaba bilan boshladi, "Al Ittihod" esa ochko yo'qotdi |
![]() | 16.08.2026 19:08 Ўқилди 5908 Superliga. "Nasaf" – "Paxtakor" (matnli translyatsiya) |
![]() | 11.08.2026 19:24 Ўқилди 5337 Elit OCHL o'tish o'yini: "Paxtakor" – "Al Hussayn". Tarkiblar ma'lum |
![]() | 10.08.2026 17:16 Ўқилди 3108 Rasman: “Xorazm”ga "Andijon" sobiq a'zosi, rossiyalik himoyachi va braziliyalik hujumchi keldi |
![]() | 09.08.2026 01:08 Ўқилди 3040 Ilyos Zeytullaev: "Bizga ajratilgan 5 mlrdning 2,5 mlrdi darhol soliqqa ushlab qolindi, qolgani esa..." |
![]() | 16.08.2026 08:32 Ўқилди 3016 Yangi mavsum oldidan "Manchester Siti"ning sardorlari e'lon qilindi |
![]() | 11.08.2026 18:56 Ўқилди 2897 Fati ”Oltin to'p” haqida: “Rodri, Messi va Mbappe JCHni ajoyib o'tkazishdi. Kurash juda shiddatli kechadi” |
Реклама
Сайт хақида
