Kamoliddin Tojiev: "O'z imkoniyatlarimizdan foydalanib g'alaba qozondik"
16.08.2026 22:16 Ўқилди: 255
- O'yin haqida fikringiz? - Bahs qiyin kechishini bilardik, "Nasaf" har doim kuchli raqib bo'lib kelgan. Bugun o'z darajamizda o'ynadik. Imkoniyatlarni golga aylantirdik va g'alaba qozondik.
- OCHL o'yinidan oldin va keyin matbuot anjumanida ko'rinish bermadingiz. Buning sababi nima bilan bog'liq? - Tegishli licenziya bo'lmagani uchun shunday bo'ldi.
- Maydonda ko'rsatmalarni beraverasizmi? - Ha, bu borada muammo yo'q.
- Oybek Bozorov bugun hal qiluvchi golni urdi. U ko'proq qaysi bo'limda jamoaga foyda keltiradi: birinchi bo'limdami yo ikkinchi taymdami? - Biz uchun birinchi bo'lim, ikkinchi bo'lim o'yinchisi degan tushuncha yo'q. Biz uchun hamma asosiy futbolchi. O'yinchilarimiz darajasi ham shunga mos. Oybek bugun zaxiradan tushib o'zini ko'rsatdi.
- Jamoaga taklif etilgan legionerlar xalqaro maydonda qanchalik o'zlarini ko'rsata olishadi? - Biz shuni o'ylagan holda o'yinchilarni taklif etganmiz. Nasib qilsa, yangilar tez orada moslashib Elit OCHLda o'zlarini namoyon etishadi.
- Bugungi o'yinga rejangiz qanday edi? - Ikkinchi jamoa sifatida o'ynash rejamizda yo'q edi. "Nasaf" bilan ochiq ftubol o'ynash oson emas, biz himoyani o'ylagan holda harakat qildik.