Manbaga ko'ra, "Yuventus" italiyalik darvozabonni majburiy sotib olish shartisiz ijaraga olishni taklif qilgan. Biroq "Tottenxem" bu shartlarga rozi bo'lmagan va shu sababli muzokaralar to'xtab qolgan.
Vikarioning transferi hali ham ehtimoliy variant bo'lib qolmoqda, ammo buning uchun London klubi o'z talablarini yumshatib, futbolchini taklif qilingan shartlar asosida ijaraga berishga rozi bo'lishi kerak.
Zion Sudzuki transferi yuqori agentlik talablari sabab amalga oshmaganidan so'ng, "Yuventus" yana Emiliano Martines nomzodiga qaytdi.
"Aston Villa" argentinalik darvozabon uchun 10 million evro talab qilmoqda. "Yuventus" esa 7 million evro + 3 million evro bonus taklif qilgan. Muzokaralar davom etmoqda.