Mikel Arteta murabbiylik faoliyatidagi 5-sovrinini qo'lga kiritdi
16.08.2026 21:16 Ўқилди: 612
Ispaniyalik mutaxassis qo'lga kiritgan barcha sovrinlarini "Arsenal" bilan yutib olgan.
Bugun "Arsenal" Arteta boshchiligida Angliya Superkubogi uchun o'yinda "Manchester Siti"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi.
Arteta davrida "Arsenal" qo'lga kiritgan sovrinlar: Angliya Superkubogi - 2026 yil Angliya Premer-ligasi - 2026 yil Angliya Superkubogi - 2023 yil Angliya Superkubogi - 2020 yil Angliya Kubogi - 2020 yil
Mikel Arteta "Arsenal"ni 2019 yil oxiridan buyon boshqarib kelmoqda.
Shuningdek, Arteta "Arsenal" safida futbolchi sifatida ham sovrinlar qo'lga kiritgan. U londonliklar bilan 2 marta Angliya Kubogi va 2 marta Angliya Superkubogi g'olibi bo'lgan.
Shu tariqa, Arteta "Arsenal" tarixida ham futbolchi, ham bosh murabbiy sifatida sovrin qo'lga kiritgan mutaxassislardan biriga aylandi.