
Dunyo futbolida va har qanday sohada adolat hamda shaffoflikni taminlashning birinchi qoidasi - o'zaro tiyib turish mexanizmi (checks and balances). U bo'lmagan joyda rivojlanish ham, ishonch ham bo'lmaydi.
O'zbekiston Superligasida deyarli har turda hakamlik bilan bog'liq mojorolar avj olmoqda. Muxlislar, jurnalistlar va blogerlar etiroz bildirishdan charchashmadi. Lekin javob deyarli bir xil: O'zbekiston Futbol Hakamlari Markazi (O'ZFHM) ko'p hollarda o'z hakamining qarorini oqlab beradi. Xalqimizda "Qarg'a qarg'aning ko'zini cho'qimaydi" degan maqol bor. Aslida bu faqat bizda emas - butun dunyoda hakamlik tashkilotlari instinktiv ravishda o'z xodimlarini himoya qilishga intiladi.
Farq shundaki, rivojlangan futbol mamlakatlarida bu tizimni tiyib turadigan MUSTAQIL mexanizmlar bor.
Dunyo tajribasi: Angliyadagi KMI Panel nima?
Masalan, Angliya Premer-ligasida Mustaqil Hakamlik Paneli (Independent KMI Panel) faoliyat yuritadi. Bu panel PGMOLga (hakamlar korpusiga) bo'ysunmaydi va uning tarkibi 5 kishidan iborat:
3 nafar sobiq futbolchi yoki murabbiy (futbol mantig'ini tushunadigan xolis shaxslar);
1 nafar Premer-liga vakili;
1 nafar PGMOL vakili.
Har bir turdan so'ng ushbu panel hakamlar va VAR’ning munozarali qarorlarini xolis baholaydi va xatolarni rasman tan oladi. Eng muhimi - sobiq futbolchilar ko'pchilikni tashkil etgani uchun qarorlar faqat qog'ozdagi qoidalarga emas, futbol ruhiga ham mos baholanadi.
Superliga uchun taklif: Bizda buni qanday yo'lga qo'yish mumkin?
Biz "Amerika ochishimiz" shart emas - futbolda sinovdan o'tgan va o'zini oqlagan metodlarni tatbiq yetish kifoya.
PFL huzurida Mustaqil Baholash Guruhi:
O'ZFHMga bo'ysunmaydigan, faqat UzPFLga bo'ysunuvchi mustaqil guruh tuzilishi kerak. Tarkibga sobiq futbolchilar, mutaxassislar va Liga vakillari kirsin. Bu guruh hakamlar xatti-harakatini xolis baholab, xulosalarni Mamur Saidqosimovga (O'zFHM rahbari)ga taqdim etsin. Keyingi o'yinlarga hakamlar tayinlovi aynan ushbu reyting va baholar asosida amalga oshirilsin.
VAR va bosh hakam muloqotini ommaga oshkor qilish:
Ispaniya, Italiya, Angliya, Turkiya va Braziliya ligalarida bo'lgani kabi VAR audiosuhbatlari taqdim etilishi shart. Gohida muxlislar nazarida xato tuyulgan qaror aslida qoida bo'yicha to'g'ri bo'ladi. Muloqotning e'lon qilinishi hakamlarni shubhadan xalos etadi, shaffoflikni oshiradi.
Maxsus media-loyihalar:
Italiyadagi "Open VAR", Angliyadagi "Match Officials Mic'd Up" va "Ref Watch" kabi rasmiy ko'rsatuvlar bizga ham kerak. Televidenie va media orqali bahsli epizodlar, hakamlar suhbati va qoidalar tahlil qilib berilsa, futbol jamoatchiligida savollar qolmaydi.
Bu ishlarni amalga oshirish uchun katta mablag' yoki o'ta murakkab texnika talab etilmaydi - shunchaki xohish va iroda kerak.
Agar maqsadimiz chindan ham ochiqlik, adolat va o'zbek futbolini rivojlantirish bo'lsa, bizdan 50 yil oldinga o'tib ketgan mamlakatlar tajribasidan foydalanish va tiyib turish mexanizmini zudlik bilan yo'lga qo'yishimiz shart!
![]() | 11.08.2026 19:48 Ўқилди 96165 37 yoshli Aleksis Sanches MLS klubi bilan bitim tuzdi |
![]() | 11.08.2026 21:16 Ўқилди 23720 Pogba Angliyadagi "Monako" yig'inida jarohat oldi va mashg'ulosni muddatidan oldin tark etdi |
![]() | 11.08.2026 01:08 Ўқилди 18924 Endrik yozda "Real"ni tark etmaydi – qarorni hujumchi, klub va Mourinyu qabul qildi |
![]() | 16.08.2026 01:16 Ўқилди 14236 Saudiya Arabistoni Pro ligasi. Ronaldusiz "Al Nassr" chempionatni yirik hisobdagi g'alaba bilan boshladi, "Al Ittihod" esa ochko yo'qotdi |
![]() | 11.08.2026 19:24 Ўқилди 5328 Elit OCHL o'tish o'yini: "Paxtakor" – "Al Hussayn". Tarkiblar ma'lum |
![]() | 10.08.2026 17:16 Ўқилди 3102 Rasman: “Xorazm”ga "Andijon" sobiq a'zosi, rossiyalik himoyachi va braziliyalik hujumchi keldi |
![]() | 09.08.2026 01:08 Ўқилди 3040 Ilyos Zeytullaev: "Bizga ajratilgan 5 mlrdning 2,5 mlrdi darhol soliqqa ushlab qolindi, qolgani esa..." |
![]() | 16.08.2026 08:32 Ўқилди 2992 Yangi mavsum oldidan "Manchester Siti"ning sardorlari e'lon qilindi |
![]() | 11.08.2026 18:56 Ўқилди 2894 Fati ”Oltin to'p” haqida: “Rodri, Messi va Mbappe JCHni ajoyib o'tkazishdi. Kurash juda shiddatli kechadi” |
![]() | 07.08.2026 01:56 Ўқилди 2679 Mareska Rodrining o'rniga o'rinbosar topib qo'ydi |
Реклама
Сайт хақида
