Sudzukining PSJga transferi barbod bo'lishi sababi ma'lum bo'ldi
16.08.2026 09:48 Ўқилди: 771
Bu haqda jurnalist Sasha Tavoleri ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.
Transfer summasi deyarli kelishib olingan edi - 30 mln evro va qo'shimcha 5 mln evro bonus. Futbolchining agentlari bitimning barcha shartlarini qabul qilishga tayyor ekanliklarini bildirishgan. Avvalroq tomonlar 3 mln evro miqdoridagi komissiya puliga kelishib olishgan edi, ammo "Parma" va PSJ tomonidan yoshlangan vositachilar yangi talablarni ilgari surishdi, bu esa muzokaralarning izdan chiqishiga olib keldi.
Avvalroq Angliyaning "Aston Villa" klubi darvozabonning PSJga o'tishi barbod bo'lgach, Sudzuki transferi bo'yicha so'rov yuborgani haqida xabar berilgan edi.
Sudzuki 2024 yilning yozida Belgiyaning "Sent-Tryuyden" klubidan 7,5 mln evro evaziga "Parma"ga ko'chib o'tgan edi. O'tgan mavsumda yaponiyalik posbon 22 ta o'yin o'tkazib, 30 ta gol o'tkazib yubordi va olti bor o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 30 mln evroni tashkil etadi.