O'yin vaqtida hushidan ketgan Musialaning sog'lig'i haqida ma'lumot berildi
16.08.2026 09:16 Ўқилди: 568
"U bilan hammasi joyida va eng muhimi shu", - deydi Eberlning so'zlarini keltirgan "Bild".
Hodisa uchrashuvning 83-daqiqasida, 23 yoshli futbolchi gol urganidan ko'p o'tmay sodir bo'ldi. Jamoadoshi Ismael Saybari Musialaning tobi qochganini o'z vaqtida payqab, uni ushlab qolishga ulgurdi - shu sababli o'yinchi maysaga yiqilmadi. Shifokorlar bir necha daqiqa davomida futbolchiga yordam ko'rsatishdi. Shundan so'ng Musiala maydonni mustaqil tarzda tark etdi, uning o'rnini esa Bara Ndiaye egalladi.