Islom Ahmedov: "Bizga hujumda agressivlik yetishmadi"
06.08.2026 22:40 Ўқилди: 101
- O'yin haqida fikringiz? - To'p nazorati bo'yicha engilmadik, faqat hujumda agressivlik yetishmadi. Boshqa o'yinlarimizda ham agressivlik yetishmayapti deb o'ylayman. Futbolchilarimiz bor kuch bilan harakat qilishdi va bu tomonlama etiroz yo'q. Lekin hal qiluvchi zarbani berishda kamchiliklar borligi ko'rinib qoldi.
- Transfer oynasi yopilishiga kam vaqt qolyapti. Tarkibda yana yangi futbolchini ko'rishimiz mumkinmi? - Bu borada rahbariyat bilan kelishgan holda ish olib boryapmiz, o'yinchilarni ko'rib chiqyapmiz. Bizga avvalo hujumchi zarur. Aksar hujumchilarning o'z klublari bilan shartnomasi borligi uchun qiyin kechyapti.
- Navbatdagi turda vodiy derbisi guvohi bo'lamiz: "Andijon" o'z maydonida "Neftchi"ni qabul qiladi. Bugungi mag'lubiyatdan so'ng jamoani ruhlantirish qanday kechadi? - Bugungi o'yindan keyin yigitlarga ikki kun dam berdik. Ular biroz futboldan chalg'ib oilasi bilan bo'lgani maqul. O'yinchilarimiz ruhiy tomonlama o'zlariga kelib olishlari lozim. Shundan so'ng 9 avgust kuni o'z qarorgohimizda yig'ilib vodiy derbisiga hozirlik ko'ramiz.