Kutganmidingiz? Tayyormisiz? Hindiston Braziliyaga qarshi o'ynaydi!
31.07.2026 02:00 Ўқилди: 2626
Hindiston milliy terma jamoasi jahon futboli grandi – Braziliyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Bu haqda ikki mamlakat futbol federatsiyasi rasman tasdiqladi.
Uchrashuv 2026 yil 3 oktyabr kuni Hindistonning Kolkata shahridagi VYBK (Vivekananda Yuba Bharati Krirangan) stadionida bo'lib o'tadi. Bellashuv FIFA taqvimi doirasidagi xalqaro o'rtoqlik o'yini maqomiga ega bo'ladi.