
- O'yin haqida fikringiz?
- Og'ir o'yin kechishini bilardik. Raqibimiz "Metallurg" yaxshi jamoa, tarkibida Superligani ko'rgan bir nechta tajribali o'yinchilar bor. Birinchi taymda gol urib olganimiz yaxshi bo'ldi. Ikkinchi bo'limda ham gol urishga harakat qildik. O'yinning oxirlari asabiy tus oldi. Yigitlarga oxirigacha turib berishgani uchun rahmat aytib qolaman. O'z navbatida muxlislarimizni g'alaba bilan tabriklayman. Olti ochkoli o'yinda g'olib chiqdik deb ayta olaman.
- "Aral" birinchi davrani peshqadam sifatida yakunladi. Ichingizdan nimalar o'tyapti?
- Mag'lubiyatsiz seriya davom etayotganidan xursandman. Balki futbolchilik paytimda shunday seriya bo'lgandir, lekin murabbiylik sohasida bunga birinchi marta duch kelib turibman. Shu bois yaxshi hissiyotlarni boshdan kechiryapman va o'zim ham hayron qolyapman. Murabbiylik oson emas, doim bir narsalarni o'ylab yurasiz. Bo'lib ham jamoamiz oldiga katta maqsad qo'yilgan, bu esa ko'proq mas'uliyatni yuklaydi. Yigitlardan ko'nglim to'q, o'ylaymanki mag'lubiyatsiz seriya hali davom etadi.
- Ruslan Qalmag'ambetov haqida fikringiz?
- Ruslan jamoaga ko'p foyda keltiryapti. Bugun ham uning goli uch ochko olib keldi. U ham vinger, ham markaziy hujumchi sifatida o'ynay oladi. Mark Krasnov zaxiradan tushgach, ikkalasi chiroyli tandem bo'ldi deb o'ylayman.
- Jamoangiz o'yini Superliga darajasiga qay darajada yaqin deb olasiz?
- Shuni aytishim mumkin, Proligadagi eng kuchli jamoa bizmiz. Lekin tan olish kerak, Superligada yaxshi ishtirok etish uchun Superliga darajasidagi futbolchilar kerak bo'ladi. Agar biz Superligaga chiqsak, tarkibni tubdan o'zgartirmaymiz. 70 foiz hozirgi futbolchilar qoladi. Qariyb to'rt yildan beri bir jamoa bo'lib o'ynab kelyapmiz va birdaniga o'yinchilardan voz kechish to'g'ri ish bo'lmaydi.
![]() | 28.07.2026 01:56 Ўқилди 17303 "Al Hilol" O'zbekiston terma jamoasiga gol urgan hujumchi uchun 70 mln. evro taklif qiladi |
![]() | 04.08.2026 02:11 Ўқилди 14154 Indoneziya prezidenti JCH-2030ga chiqishni umummilliy vazifa deb atadi |
![]() | 02.08.2026 03:08 Ўқилди 7123 Superliga. “Buxoro” - “Lokomotiv” 2:1 |
![]() | 28.07.2026 00:24 Ўқилди 4522 Mirko Yyelichich: "Birinchi bo'limni juda yomon o'tkazdik" |
![]() | 27.07.2026 20:08 Ўқилди 4358 Superliga. "Andijon" – "Buxoro" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 02.08.2026 01:08 Ўқилди 3861 Kabo-verdelik darvozabon Vozinya faoliyatini Marokashda davom ettirishi mumkin |
![]() | 03.08.2026 20:32 Ўқилди 3684 Superliga. "Dinamo" – "Neftchi" (matnli translyatsiya) |
![]() | 05.08.2026 00:56 Ўқилди 3530 "Real" keyingi hafta Vinisius bilan yangi shartnoma bo'yicha kelisha olmasa, uni sotish ehtimolini ko'rib chiqadi |
![]() | 28.07.2026 20:11 Ўқилди 3259 UFC sobiq chempioni Jon Jons Ronaldu va Messi o‘rtasida tanlov qildi |
![]() | 27.07.2026 08:24 Ўқилди 3097 AS Mourinyoga maqul kelmagan va bu transfer oynasida "Real"ni tark etadigan futbolchilar nomini ma'lum qildi |
Реклама
Сайт хақида
