Azamat Sharipov: "Darvozabonimizning ikkita xatosi tufayli mavg'lub bo'ldik"
06.08.2026 00:08 Ўқилди: 181
- O'yin haqida fikringiz? - Avvalambor "Sho'rtan" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Biz dastlabki 20 daqiqada o'z o'yinimizni namoyish eta oldik. Umuman olganda, birinchi taym o'zimiz o'ylagandek kechdi. Ikkinchi taymda ham yaxshi o'yin ko'rsatishga harakat qildik. Hatto hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldik. Lekin darvozabonimizning ikkita xatosi tufayli gollar o'tkazib mag'lub bo'ldik.
- Jamoangiz ikkita chiroyli gol urdi. Lekin o'z navbatida xatoli ikkita gol o'tkazdi. Buni qanday izohlaysiz? - "Sho'rtan"ga urilgan ikkita golda raqib darvozaboni xato qildi demagan bo'lardim, chunki zarbalar chiroyli chiqdi. Biz o'tkazgan golda esa darvozabonimiz xatoga yo'l qo'ydi deb o'ylayman. Buni albatta videotakrorlar orqali yana tahlil qilib chiqamiz. To'g'risi, 2:2 payti darvozabonimiz oddiyroq o'ynashi kerak edi. O'tkazib yuborilgan golda u to'pni maydon tashqarisiga tepib yuborsa ham bo'lardi. Biz bitta gol urib yana hisobni tenglashtirishimiz mumkin edi, lekin ikki bor o'tkazganimiz ortiqcha bo'ldi.
- Bugun jamoangiz safida sobiq "Sho'rtan" futbolchilari o'ynadi. Ular qay darajada yordam bera olishdi? - Endi bu futbol va o'yinchilar bir jamoadan ikkinchisiga o'tadi. Professional futbolchi qaysi jamoa libosini kiyib maydonga chiqmasin, faqat o'z jamoasi manfaatini o'ylaydi. Aksar futbolchilar shunday o'yinlar orqali o'zlarining sobiq jamoalariga nimanidir isbotlashga harakat qilishadi va bu ular uchun motivaciya bo'ladi. Bugun "Sho'rtan"dan kelgan futbolchilar yaxshi o'yin ko'rsatishdi.