
- O'yin haqida fikringiz?
- OKMK oxirigacha kurashadigan jamoa, lekin bugun ularning kambek qilishiga yo'l qo'ymadik. Shuni aytishim mumkin, Superligada eng yaxshi o'yin namoyish etayotgan jamoani safarda mag'lub etdik. Bu biz uchun juda muhim edi, shu bois nihoyatda kerakli g'alabani qo'lga kiritdik. Balki o'yin tomonlama OKMK yaxshiroq ko'ringandir, lekin bir-ikkita vaziyatni hisobga olmaganda himoyada biz yaxshi o'ynadik. Ushbu g'alaba bilan jamoamiz muxlislarini tabriklayman. Birinchi bo'limda bir necha bor qarshi hujumga chiqdik. Hisob 2:0 bo'lganidan keyin biroz xotirjamlikka berildik. Shundan so'ng tashabbus raqib tomonga o'tdi va ular gol urishdi. Biz uchun ayniqsa oxirgi daqiqalar juda muhim edi, yuqorida aytganimdek, raqibning kambek qilishiga yo'l qo'ymadik va bundan xursandmiz.
- Abduvohid Ne'matovning bugungi g'alabaga qanchalik hissasi bor deb o'ylaysiz?
- Abduvohid biz uchun yarim jamoa hisoblanadi. U mahoratli posbon ekanini bugun ham ko'rsata oldi. Bir necha bor murakkab to'plarni qaytardi, hatto gol o'tkazilgan vaziyatda ham to'pni qaytargandi. Yigitlar O'lmasalievni ushlashga sal bo'shlik qilishdi. Bugungi g'alabaga Ne'matovning yordami juda katta bo'ldi.
- Xalqaro o'yinlar ham yaqinlashib kelmoqda. Osiyo chempionlar Ligasi 2da yaxshi ishtirok etish uchun tarkib ham shunga yarasha kuchli bo'lishi kerak. Transferlar borasida moliyaviy holat qanday?
- Yashirmayman, moliyaviy holatimiz u qadar barqaror emas. Buni hamma ko'rib bilib turibdi. Transfer oynasida faol emasmiz. Klubimiz rahbariyati sharoit yaratib berishga harakat qilmoqda, buning uchun rahmat aytib qolaman. Tarkibimizda bor o'yinchilar ham astoydil ishlashyapti, har bir uchrashuv naqadar muhim ekanini tushunib turibmiz. O'tgan yil tarkibimiz bu yilgidan yaxshiroq edi, ammo mavsum oxirida 10 nafar futbolchi safimizni tark etdi. Ular o'rniga yoshlarni taklif etdik. "Paxtakor" va "Neftchi" tarkibi birmuncha kuchli, biz ham qarab turmaymiz va sovrinli o'rinlar uchun kurashamiz. Ayrim chiziqlarga o'yinchilarni taklif etyapmiz, ular bilan yanada kuchayamiz deb o'ylayman.
![]() | 28.07.2026 01:56 Ўқилди 17240 "Al Hilol" O'zbekiston terma jamoasiga gol urgan hujumchi uchun 70 mln. evro taklif qiladi |
![]() | 02.08.2026 03:08 Ўқилди 7066 Superliga. “Buxoro” - “Lokomotiv” 2:1 |
![]() | 28.07.2026 00:24 Ўқилди 4462 Mirko Yyelichich: "Birinchi bo'limni juda yomon o'tkazdik" |
![]() | 27.07.2026 20:08 Ўқилди 4337 Superliga. "Andijon" – "Buxoro" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 25.07.2026 22:32 Ўқилди 4004 Baxtiyor Umarov: "Raqibdan faqat kurashga asoslangan bunday o'yinni kutmagan edik" |
![]() | 02.08.2026 01:08 Ўқилди 3843 Kabo-verdelik darvozabon Vozinya faoliyatini Marokashda davom ettirishi mumkin |
![]() | 03.08.2026 20:32 Ўқилди 3636 Superliga. "Dinamo" – "Neftchi" (matnli translyatsiya) |
![]() | 28.07.2026 20:11 Ўқилди 3244 UFC sobiq chempioni Jon Jons Ronaldu va Messi o‘rtasida tanlov qildi |
![]() | 27.07.2026 08:24 Ўқилди 3067 AS Mourinyoga maqul kelmagan va bu transfer oynasida "Real"ni tark etadigan futbolchilar nomini ma'lum qildi |
![]() | 27.07.2026 21:16 Ўқилди 2985 "G'azalkent"dan dahshatli kambek, "Aral" ancha ilgarilab ketdi. Proliga sharhi, 11-tur |
Реклама
Сайт хақида