
PFL 2020-yildan e'tiboran o'tish o'yinlari, Superligadan tushish va chiqish mexanizmlarini aynan shu yo'nalishda tartibga solib kelmoqda.
Biroq, Birinchi ligada to'p tepayotgan klublarning keyingi istiqbolini belgilashda licenziyalash mexanizmi, klubning rivojlanish dasturi, uning bolalar futbolidagi roli asosiy ahamiyat kasb etadi. Shundan kelib chiqib, joriy yilning may oyida Proliga va Birinchi liga klublari mazkur yo'nalishda qanday ishlashi lozimligi, bu masalada PFLning rejalari qanday ekanligi xususida xabardor qilingan.
Keyingi bosqichda Birinchi ligada ishtirok etayotgan besh klub 2027-yilgi mavsum uchun rejalarini ochiqladi: “Guliston”, “Oqtepa”, “Ahmedov”, “Do'stlik”, “Sherdor”. Aynan shu klublar kelasi mavsumni Proligada o'tkazish istagini bildirdi. Endilikda, PFL mazkur rejani amalga oshirish tartibini belgilaydi hamda noyabr oyiga qadar shu yo'nalishda klublarni monitoring qiladi.
Birinchi navbatda, klublar qoshida faoliyat ko'rsatayotgan futbol maktablariga e'tibor qaratiladi. Bunda, 2026-yilning 30-sentyabr sanasiga qadar har bir klub U10 - U17 yosh toifalari oralig'idan eng kamida oltitasini tanlab olib, ularning har biri uchun yigirma nafardan kam bo'lmagan tarbiyalanuvchisini MyLeague platformasidan ro'yxatdan o'tkazishi lozim. Ma'lumki, mazkur platforma FIFA Connect interfeysi bilan to'g'ridan-to'g'ri integraciyalangan. Undan ro'yxatdan o'tkazilgan havaskor futbolchilar unikal FIFA ID raqamiga ega bo'ladi hamda futbolchining elektron pasporti shakllanishni boshlaydi.
Ma'lumki, “Guliston” futbol klubi 2026-yildan e'tiboran tashkil etilgan bo'lib, ayni vaqtda Birinchi liganing Markaziy mintaqasida peshqadamlik qilmoqda. O'tgan mavsum yakunida PFL rahbariyati Sirdaryo viloyati hokimi bilan uchrashuv o'tkazgan bo'lib, unda Guliston shahrida qurilishi davom etayotgan stadion, “Guliston” futbol klubining kelgusi rejalari va shu yo'nalishdagi boshqa masalalar muhokama qilingan. Mamlakat Prezidentining tegishli qarori bilan "Sirdaryo viloyati bolalar va o'smirlar futbol maktabi Assotsiatsiya yordamida “Guliston” klubiga biriktirilgan. O'tgan vaqt ichida klub mana shu maktab tarbiyalanuvchilari ro'yxatini shakllantirishi va ularning Assotsiatsiya tomonidan o'tkaziladigan musobaqalarga tayyorlashi lozim edi.
Oqtepa, Ahmedov, Do'stlik, Sherdor klublari esa faoliyatini aynan futbol maktabi yo'nalishida boshlagan bo'lib, bugunga kelib har birining turli yosh toifalari bo'yicha tarbiyalanuvchilari mavjud. Endilikda klublar o'z havaskor futbolchilarini ham PFL ro'yxatidan o'tkazish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bundan tashqari, ro'yxatdan o'tgan futbolchilar hududiy assotsiatsiyalar tomonidan o'tkaziladigan musobaqalarda bevosita ishtirok etishi lozim.
Shuningdek, yuqorida qayd etilgan besh klub PFLning licenziyalash bo'yicha talablarini ehtimoliy bajarishi shartida va ularga Proliga yo'llanmasi ehtimoliy taqdim etilishi mumkinligidan kelib chiqib, Proliga uchrashuvlarini o'tkazish imkoniyatini beruvchi stadion topishi va shu yil yakuniga qadar undan 2027-yilgi mavsum davomida foydalanish bo'yicha shartnoma imzolashi talab etiladi. Mazkur jarayonlarning barchasi PFL tomonidan monitoring qilib boriladi.
Ma'lumot uchun, Liga mazkur klublar uchun Proliga yo'llanmasini kafolatlamaydi. Barcha masala klublarning o'z ish rejasiga qanchalik puxta yondashishi orqali hal etiladi. Shuningdek, Proligada ishtirok etayotgan bir qator klublar 2026-yilgi mavsum avvalida PFL tomonidan qo'yilgan rivojlanishning keyingi bosqicharini amalga tatbiq qila olmasa, ular 2027-yilgi mavsumni Proligada o'tkazish imkoniyatini yo'qotadi.
![]() | 28.07.2026 01:56 Ўқилди 17240 "Al Hilol" O'zbekiston terma jamoasiga gol urgan hujumchi uchun 70 mln. evro taklif qiladi |
![]() | 02.08.2026 03:08 Ўқилди 7066 Superliga. “Buxoro” - “Lokomotiv” 2:1 |
![]() | 28.07.2026 00:24 Ўқилди 4462 Mirko Yyelichich: "Birinchi bo'limni juda yomon o'tkazdik" |
![]() | 27.07.2026 20:08 Ўқилди 4337 Superliga. "Andijon" – "Buxoro" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 25.07.2026 22:32 Ўқилди 4004 Baxtiyor Umarov: "Raqibdan faqat kurashga asoslangan bunday o'yinni kutmagan edik" |
![]() | 02.08.2026 01:08 Ўқилди 3843 Kabo-verdelik darvozabon Vozinya faoliyatini Marokashda davom ettirishi mumkin |
![]() | 03.08.2026 20:32 Ўқилди 3636 Superliga. "Dinamo" – "Neftchi" (matnli translyatsiya) |
![]() | 28.07.2026 20:11 Ўқилди 3244 UFC sobiq chempioni Jon Jons Ronaldu va Messi o‘rtasida tanlov qildi |
![]() | 27.07.2026 08:24 Ўқилди 3067 AS Mourinyoga maqul kelmagan va bu transfer oynasida "Real"ni tark etadigan futbolchilar nomini ma'lum qildi |
![]() | 27.07.2026 21:16 Ўқилди 2985 "G'azalkent"dan dahshatli kambek, "Aral" ancha ilgarilab ketdi. Proliga sharhi, 11-tur |
Реклама
Сайт хақида