
Superliga
15-tur
“Qo'qon-1912” – “Surxon” 0:1
Qo'qon. “Markaziy” stadioni. 19:30
Gol: Richard Fraydey 51’
Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev
Yordamchi hakamlar: Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin
Zaxira hakami: Alisher Abduvohidov
VAR: Doston Rahmonov
AVAR: Shohnur Yo'ldoshev
Nazoratchi: Fayzullo Hasanov
Komissar: Bekzod Aripov
"Qo'qon-1912": 13.Rahimjon Davronov, 4.Asliddin Toshtemirov, 6.Alisher Salimov, 7.Javohir Sidiqov (17.Farhodjon Sohibjonov, 67), 8.Shota Gvazava, 11.Silvanus Nimeli (22.Toma Tabatadze, 67), 14.Ibrohim Yo'ldoshev, 19.Shahzod Akramov, 20.Iqboljon Malikjonov (99.Muhammadanas Hasanov, 59), 21.G'ulomhaydar Gulyamov (10.Shohruh Gadoev, 59), 69.Egor Kondratyuk (9.Javohir Husanov , 46).
Zaxira: 1.Rustam Nortojiev, 5.Jasur Yoqubov, 44.Andro Giorgadze, 70.Shohruh Mahmudhojiev.
"Surxon": 86.Davron Merganov, 6.Behzod Shamsiev, 7.Dostonbek Tursunov (39.Mirmaqsud Mirusmonov, 64), 8.Humoyun Sherbo'taev, 11.Richard Fraydey (91.A'zamjon Temirxonov., 74), 14.Tohirjon Ashurbaev, 15.Diyor Ramazonov (19.Farruh Qodirov, 74), 17.Sarvar Abduhamidov (18.Behruz O'ktamov 85), 26.Behruz Shukurullaev, 31.Kamronbek Ergashev (27.Muhammadali Musaxanov 85), 66.Behro'z Shaydulov.
Zaxira: 25.Otabek Boymurodov, 13.Azamat Nurullaev, 21.Tornike Dzebniauri, 32.Boburjon Rahimjonov.
Ogohlantirishlar: Tohirjon Ashurbaev (34), Mirmaqsud Mirusmonov (71).
UCHRASHUV YAKUNLANDI!
90+4. Mezbonlar burchak to'piga ega bo'lishdi. Hatto darvozabon ham jarima maydonchasida edi, ammo himoyachilar to'pni qaytarishdi.
90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.
88. Qo'qonliklarda yana bir xavfli vaziyat, Tabatadzega kelayotgan to'pni “Surxon” vakili maydondan tashqariga chiqarib yubordi.
87. Sohibjonov o'ta qulay vaziyatni ko'kka sovurdi. U havolatib uzatilgan to'pga zarba berdi, to'p esa erga tegib, darvoza ustidan o'tib ketdi.
85. “Surxon”da o'zgarish: Abduhamidov hamda Ergashev o'rniga O'ktamov va Musaxanovlar tushdi.
84. Qo'qonliklarning navbatdagi hujumi muvaffaqiyatsiz yakun topdi.
79. Sohibjonovning xavfli zarbasidan so'ng to'pni “Surxon” posboni qaytardi.
76. Bugun “Markaziy” stadioniga 3650 nafar tomoshabin kelibdi.
74. “Surxon”da 2 ta o'zgarish: Fraydey o'rniga Temirxonov, Ramazonov o'rniga Qodirov tushirildi.
73. Zarbaaa! Hasanovning kuchli zarbasiga aniqlik yetishmadi.
72. Zarbaa! Sohibjonovning jarimadan yo'llagan zarbasi xavfli, ammo noaniq chiqdi.
71. Sohibjonov jarima maydonchasi ichiga yorib kirayotganida Mirusmonov tomonidan yiqitildi. Aybdorga sariq kartochka berildi.
67. "Qo'qon-1912"da 2 ta almashtirish: Nimeli o'rniga Tabatadze, Sidiqov o'rniga Sohibjonov bahsni davom ettiradi.
65. Uuux! Gadoevning qulay pasidan so'ng Husanov kuchli zarba yo'lladi, sal noaniq.
64. “Surxon”da o'zgarish: Tursunov o'rniga Mirusmonov tushirildi.
64. Uuux! Ashurbaevning olisdan yo'llagan zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.
62. Davronovning oldinga tepib bergan to'pi Merganovga qadar yetib keldi.
59. "Qo'qon-1912"da 2 ta almashtirish: Gulyamov o'rniga Gadoev, Malikjonov o'rniga Husanov maydonga tushdi.
57. “Surxon” to'p nazorati bilan, “Qo'qon-1912” esa bosim qilish bilan band.
51. GOL! Richard Fraydeyning erlatib yo'llagan zarbasidan keyin Davronov to'pni qaytarishga harakat qildi, biroq to'p darvoza ustuniga tegib, darvozadan joy oldi - 0:1!
46. Ikkinchi taym boshlandi!
46. “Qo'qon-1912”da o'zgarish: Kondratyuk o'rniga Husanov tushirildi.
Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi. Tanaffus!
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
43. Davronov to'pni urib yuborish vaqtida Fraydey bilan to'qnashib ketdi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
40. Zarba! Kondratyukning uzatmasidan so'ng himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi. To'pga ega chiqqan Malikjonov uzoqdan zarba berishga urindi, noaniq.
38. Tursunov katta tezlikda oldinga intilayotgan raqamdoshi Sidiqovga nisbatan ochiqchasiga qoida buzdi.
35. Sidiqovning jarima zarbasidan oshirib bergan to'pini Merganov ilib olishga erishdi.
34. Ashurbaev maydon markazida Sidiqovni tortib yiqitdi va ogohlantirildi.
31. Yo'ldoshev havolatib pas uzatish orqali Kondratyukni qulay nuqtaga olib chiqdi, biroq o'yindan tashqari holat qayd etildi.
27. Salimovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan keyin Merganov to'pni ilib oldi.
24. Nimeli to'p uchun kurash chog'ida Shukurullaev bilan turtilib ketdi va undan uzr so'radi.
21. Zarbaa! Shaydulovning uzoqdan bergan kuchli zarbasidan keyin rikoshet kuzatildi. Shunga qaramay, Davronov to'pni qabul qilishda qiynalmadi.
20. Ibrohim Yo'ldoshev havodan amalga oshirilgan raqib uzatmasidan keyin to'pni uzoqlashtirdi.
18. Fraydey uzun pasni qabul qilib olib, qulay vaziyatga chiqdi, biroq ofsayd qayd etildi.
14. Zarbaa! Shahzod Akramovning qanotdan bergan zarbasidan keyin Merganov to'pga ega chiqdi.
11. Zarbaa! Nimeli jarima maydonchasi ichiga yorib kirib, zarba berdi, Merganov zarbani qaytardi.
10. “Surxon” a'zosining uzun pasidan so'ng darvozabon Davronov katta qiyinchilik bilan to'pni ushlab oldi, sal qolsa to'p darvozaga kirib ketardi.
8. Ibrohim Yo'ldoshev zo'r pas bilan sherigii qanotdan oldinga boshladi, ammo Davronov o'z vaqtida xavfni bartaraf etdi.
7. “Surxon” to'pga egalik qilgan holda hujumga o'tayotganida Shaydulov noaniq pas berdi.
2. Sidiqovning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pi yakunda Gvazava orqali Merganovning qo'llariga kelib tushdi.
1. Uchrashuv boshlandi!
![]() | 28.07.2026 01:56 Ўқилди 17240 "Al Hilol" O'zbekiston terma jamoasiga gol urgan hujumchi uchun 70 mln. evro taklif qiladi |
![]() | 02.08.2026 03:08 Ўқилди 7066 Superliga. “Buxoro” - “Lokomotiv” 2:1 |
![]() | 28.07.2026 00:24 Ўқилди 4462 Mirko Yyelichich: "Birinchi bo'limni juda yomon o'tkazdik" |
![]() | 27.07.2026 20:08 Ўқилди 4337 Superliga. "Andijon" – "Buxoro" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 25.07.2026 22:32 Ўқилди 4004 Baxtiyor Umarov: "Raqibdan faqat kurashga asoslangan bunday o'yinni kutmagan edik" |
![]() | 02.08.2026 01:08 Ўқилди 3843 Kabo-verdelik darvozabon Vozinya faoliyatini Marokashda davom ettirishi mumkin |
![]() | 03.08.2026 20:32 Ўқилди 3636 Superliga. "Dinamo" – "Neftchi" (matnli translyatsiya) |
![]() | 28.07.2026 20:11 Ўқилди 3244 UFC sobiq chempioni Jon Jons Ronaldu va Messi o‘rtasida tanlov qildi |
![]() | 27.07.2026 08:24 Ўқилди 3067 AS Mourinyoga maqul kelmagan va bu transfer oynasida "Real"ni tark etadigan futbolchilar nomini ma'lum qildi |
![]() | 27.07.2026 21:16 Ўқилди 2985 "G'azalkent"dan dahshatli kambek, "Aral" ancha ilgarilab ketdi. Proliga sharhi, 11-tur |
Реклама
Сайт хақида