
- O'yin haqida fikringiz?
- Fikr aytmasdan ketsa ham bo'ladi-ya (kuladi). Xo'sh, nimadir aytishning o'zi mushkul. 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdik. Haqli mag'lubiyat bo'ldi, himoyada bunaqa o'yin ko'rsatmasligimiz kerak edi. Hozir nimanidir orzu qila olmaymiz, ishlashda davom etamiz, oldimizda boshqa variant yo'q. Raqibni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun g'alaba qozonganimizda bu biz uchun olti ochkoga teng bo'lardi. Lekin afsus...
- Bugun asosiy gollarni Lyupcho Doriev urdi.
- Nega shunday bo'lganini Dorievning o'zidan so'rash kerak. U yaxshi futbolchi. Agar unga jarima maydonchasi yaqinida zarba yo'llash imkonini bersangiz, odatda gol bilan tugaydi. Boshqalar ura olmadi, lekin Doriev urdi.
- Azizbek Chorievning o'yini haqida fikringiz?
- Markaziy himoyada muammolar borligi sabab shu futbolchini o'ynatdik. O'rinbosarlarimizdan to'rt nafari muntazam asosiy tarkib bilan shug'ullanib kelyapti. Xolmatovni, Chorievni ko'rdingiz. Tez orada boshqa o'yinchilarni ham ko'rasiz. Choriev himoyada zo'r o'ynadimi? Yo'q. Lekin birinchi o'yini bo'lgani uchun yomon emas.
- Ibrohimovning jarohati haqida?
- U tizzasidan jarohat oldi va tez orada sog'ayib safimizga qaytadi deb umid qilib qolamiz.
- "Bunyodkor" mablag' yo'qligi sabab safar o'yiniga bora olmadi. "Mashal"da ham moliyaviy qiyinchiliklar bor. Klubning boshiga "Bunyodkor" holati tushmasmikin?
- "Bunyodkor"dagi vaziyatni to'liq bilmayman. Bizda esa holat boshqalar kabi, qariyb yarim yildan beri maosh olmayapmiz. "Bunyodkor" o'yinini boshqa kunga qoldirish imkoniyati ko'rib chiqilsa bo'lardi, yanayam anig'ini bilmadim. Hammamiz vaziyat o'nglanishiga umid qilyapmiz. Superligining yarim jamoasida qiyinchilik bor deb o'ylayman. Tez orada hammasi joyiga tushsa kerak.
![]() | 28.07.2026 01:56 Ўқилди 17195 "Al Hilol" O'zbekiston terma jamoasiga gol urgan hujumchi uchun 70 mln. evro taklif qiladi |
![]() | 02.08.2026 03:08 Ўқилди 7018 Superliga. “Buxoro” - “Lokomotiv” 2:1 |
![]() | 28.07.2026 00:24 Ўқилди 4429 Mirko Yyelichich: "Birinchi bo'limni juda yomon o'tkazdik" |
![]() | 27.07.2026 20:08 Ўқилди 4310 Superliga. "Andijon" – "Buxoro" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 25.07.2026 22:32 Ўқилди 3992 Baxtiyor Umarov: "Raqibdan faqat kurashga asoslangan bunday o'yinni kutmagan edik" |
![]() | 02.08.2026 01:08 Ўқилди 3813 Kabo-verdelik darvozabon Vozinya faoliyatini Marokashda davom ettirishi mumkin |
![]() | 28.07.2026 20:11 Ўқилди 3232 UFC sobiq chempioni Jon Jons Ronaldu va Messi o‘rtasida tanlov qildi |
![]() | 27.07.2026 08:24 Ўқилди 3007 AS Mourinyoga maqul kelmagan va bu transfer oynasida "Real"ni tark etadigan futbolchilar nomini ma'lum qildi |
![]() | 24.07.2026 01:48 Ўқилди 3002 "Navbahor" "yo'lbarslar"ning navbatdagi xo'ragi bo'ladimi? Kapadze javob berdi |
![]() | 27.07.2026 21:16 Ўқилди 2973 "G'azalkent"dan dahshatli kambek, "Aral" ancha ilgarilab ketdi. Proliga sharhi, 11-tur |
Реклама
Сайт хақида