
- O'yin haqida fikringiz?
- Uchrashuvni yaxshi boshladik, tezkor vaziyat sodir etib gol urdik. Ikkinchi taym boshida ham tezkor to'p kiritdik, uchinchi golni urganimizdan so'ng engil o'yinga o'tdik. Shundan so'ng "Mashal" ham o'z imkoniyatidan foydalandi. Raqib qanotlar orqali qarshi hujumda o'ynashini bilardik va shunga ko'ra hozirlik ko'rgandik. Ikkita ketma-ket mag'lubiyatdan so'ng yutib olganimiz yaxshi bo'ldi. Futbolchilarimiz ruhi ko'tarildi, turnir jadvalida o'z mavqeimizni yaxshilab oldik. Jamoamiz muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman.
- "Mashal"ning hisobga olinmagan golida yon hakamga ko'p etiroz bildirdingiz va natijada sariq kartochka oldingiz. Nima uchun ayanan qanot hakamiga ko'p etirozlar bo'ldi?
- Menga holat shunday ko'rindiki, "Mashal"ning hujumi paytida raqib o'yinchisi to'pni qo'li bilan o'ynadi. Bu vaziyatda o'yinni to'xtatish kerak bo'ladi, lekin bahs davom ettirildi va "Mashal" gol urdi. Shu bois men hakamga o'z fikrimni aytdim.
- Maydonga yoshlarni o'yin tugashiga kam vaqt qolganida tushirdingiz. O'yin amaliyoti uchun bu kamlik qilmaydimi?
- Superligada o'ynash uchun avvalo buni isbotlash kerak. Biz murabbiylar futbolchilarni kuzatib boramiz va shunga qarab ularning maydonda harakat qilishini belgilaymiz. Kim nimaga loyiq bo'lsa, shuni oladi. Shuning uchun bugun bazilarga dam berdik, bazilar ko'p o'ynadi, bazilar kam. Bu borada ish ketyapti. To'g'ri, hamma ko'proq o'ynashni xohlaydi, lekin har bir xato golga olib kelishi mumkin. Shu bois har qanday raqibni hurmat qilgan holda o'yin ko'rsatamiz. Shuningdek, tavakkal qilishni xohlamayman.
- Dorievning klub bilan qancha muddat shartnomasi bor va kelasi yil ham jamoada qoladimi?
- Doriev yaqinda klub bilan shartnomasini uzaytirdi. Adashmasam, uch-to'rt yilga uzaytirdi. Uning o'yinga o'zini bag'ishlashi, mahorati bizga qo'l kelyapti. Doriev ko'zi yonib futbol o'ynaydi. Shu qatorda yoshlarga o'rnak bo'lib kelyapti va legioner sifatida maydonda o'zini namunali tuta olyapti.

![]() | 28.07.2026 01:56 Ўқилди 17195 "Al Hilol" O'zbekiston terma jamoasiga gol urgan hujumchi uchun 70 mln. evro taklif qiladi |
![]() | 02.08.2026 03:08 Ўқилди 7018 Superliga. “Buxoro” - “Lokomotiv” 2:1 |
![]() | 28.07.2026 00:24 Ўқилди 4429 Mirko Yyelichich: "Birinchi bo'limni juda yomon o'tkazdik" |
![]() | 27.07.2026 20:08 Ўқилди 4310 Superliga. "Andijon" – "Buxoro" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 25.07.2026 22:32 Ўқилди 3992 Baxtiyor Umarov: "Raqibdan faqat kurashga asoslangan bunday o'yinni kutmagan edik" |
![]() | 02.08.2026 01:08 Ўқилди 3813 Kabo-verdelik darvozabon Vozinya faoliyatini Marokashda davom ettirishi mumkin |
![]() | 28.07.2026 20:11 Ўқилди 3232 UFC sobiq chempioni Jon Jons Ronaldu va Messi o‘rtasida tanlov qildi |
![]() | 27.07.2026 08:24 Ўқилди 3007 AS Mourinyoga maqul kelmagan va bu transfer oynasida "Real"ni tark etadigan futbolchilar nomini ma'lum qildi |
![]() | 24.07.2026 01:48 Ўқилди 3002 "Navbahor" "yo'lbarslar"ning navbatdagi xo'ragi bo'ladimi? Kapadze javob berdi |
![]() | 27.07.2026 21:16 Ўқилди 2973 "G'azalkent"dan dahshatli kambek, "Aral" ancha ilgarilab ketdi. Proliga sharhi, 11-tur |
Реклама
Сайт хақида