
Superliga
15-tur
“Andijon” – “Paxtakor”
Andijon. “Bobur Arena”. 19:30
Bosh hakam: Ravshan Abduvohidov
Yordamchi hakamlar: Farhod Usmonov, Elnur Doniyorov
Zaxira hakami: Nurbek Sheraliev
VAR: Akobirxo'ja Shukurullaev
AVAR: Sherzod A'zamov
Nazoratchi: Olimjon Abduvasilov
Komissar: Shohruh Said
“Andijon”: 1.Eldor Adhamov, 2.Odilbek Abdumajidov, 7.Po'latxo'ja Xoldorxonov (10.Dragan Cheran, 46), 11.Humoyunmirzo Iminov (27.Martin Boake, 67), 15.Nemanya Chalasan, 17.Azizbek Turg'unboev (33.Doniyor Abdumannopov, 75), 18.Damir Temirov (6.Aleksandre Andronikashvili, 46), 22.Usmonali Ismonaliev, 26.Muhammadkarim Toirov, 28.Bekzod Sulaymonov, 77.Mahmudjon Mahamadjonov (70.Hamidullo Karimov, 75).
Zaxira: 19.Artyom Potapov, 8.Shohmalik Komilov, 14.Abdurahmon Komilov, 20.Islom To'xtaxo'jaev.
“Paxtakor”: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Zaid Tahsin, 8.Dilshod Saitov, 10.Akmal Mozgovoy, 21.Bashar Resan (14.Rustam Turdimurodov, 82), 23.Abdurauf Bo'riev, 27.Sardor Sobirxo'jaev (9.Ibrohim Ibragimov, 82), 34.Sherzod Nasrullaev, 55.Muhammadrasul Abdumajidov, 77.Oybek Bozorov (17.Dostonbek Hamdamov, 60), 90.Stefan Chinedu (50.Flamarion, 60).
Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 20.Dilshod Abdullaev, 33.Quvanishbek Saydaliev, 44.Diyor Ermanov.
Ogohlantirishlar: Odilbek Abdumajidov (43), Azizbek Turg'unboev (44), Bekzod Sulaymonov (85).
Chetlatishlar: Nemanya Chalasan (80), Martin Boake (90+3), Muhammadrasul Abdumajidov (90+3).
UCHRASHUV YAKUNLANDI!
90+3. Martin Boake va Muhammadrasul Abdumajidov maydondan chetlatildi. Ular to'psiz holatda o'zaro janjallashgan edi.
90. Ikkinchi taymga 7 daqiqa qo'shildi.
90. Eldor Adhamov to'p uchun kurashda Hamdamov bilan to'qnashib ketdi. Unga tibbiy yordam ko'rsatiladi.
87. Zarbaaa! Hamdamovning olisdan bergan zarbasidan keyin to'p rikoshet orqali sal noaniq bordi.
85. Sulaymonov Flamarionni yiqitgani uchun sariq kartochka oldi.
84. Cheranning Karimov tomon yaxshi o'ylangan pasidan so'ng Saitov to'pni o'z vaqtida tepib yubordi.
82. Zarbaa! Hamdamovning jarimadan yo'llagan zarbasidan keyin to'p jonli devorga tegib qaytdi.
82. “Paxtakor”da 2 ta o'zgarish: Sobirxo'jaev o'rniga Ibragimov, Bashar o'rniga Turdimurodov o'yinga qo'shildi.
80. Nemanya Chalasan xatoga yo'l qo'yib, so'nggi umid foli sifatida Sobirxo'jaevni ushlab to'xtatib qoldi va qizil kartochka oldi.
75. “Andijon”da 2 ta o'zgarish: Turg'unboev o'rniga Abdumannopov, Mahamadjonov o'rniga Karimov tushirildi.
73. Abdumajidov Flamarionni qo'li bilan ushlab yiqitdi. Mehmonlar unga yana bir sariq kartochka berishni talab qilmoqda.
71. Hakamlar tomonidan salqinlanish daqiqasi e'lon qilindi.
70. Zarba! Hamdamovning olisdan yo'llagan zarbasi kuchli, ammo ancha noaniq ketdi.
67. “Andijon”da almashtirish: Iminov o'rniga Boake maydonga tushdi.
65. Zarbaaa! Nasrullaevning uzatmasidan so'ng Hamdamov bosh bilan zarba yo'lladi, sal noaniq.
63. Mozgovoyning hujumga joylashgan Hamdamov tomon uzun pasidan so'ng Adhamov to'pga chiqib kelib, uni tepib yubordi.
60. “Paxtakor”da 2 ta almashtirish: Chinedu o'rniga Flamarion, Bozorov o'rniga Hamdamov bahsni davom ettirali.
59. Uuux! Bo'rievning erlatib bergan pasidan so'ng Sherzod Nasrullaev zarba berdi, Adhamovdan bir qo'lida seyv!
55. Muhammadkarim Toirovning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pini Quvvatov egallab oldi.
53. Mozgovoyning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan so'ng to'p maydonni tark etdi.
51. Zarbaaa! Turg'unboevning zarbasidan keyin to'p himoyachilarga tegib qaytdi.
50. Bashar Resan Mahamadjonovga nisbatan qoidani buzdi.
46. Ikkinchi taym boshlandi!
46. “Andijon”da 2 ta o'zgarish: Xoldorxonov o'rniga Cheran, Temirov o'rniga Andronikashvili tushirildi.
Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi. Tanaffus!
45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.
44. Hakam Turg'unboevni ogohlantirdi. U Mozgovoy bilan to'qnashgandi.
43. Odilbek Abdumajidov Bashar Resanni qo'pollik evaziga to'xtatib qoldi va ogohlantirildi.
39. Gol ofsayd tufayli bekor qilindi. Stefan Chinedu sal oldingi vaziyatda o'yindan tashqari holatda bo'lgan.
37. Gol VAR orqali tekshirib chiqilmoqda.
34. GOL! Bashar Resanning uzatmasidan so'ng Akmal Mozgovoy to'pni butsasining uchi bilan darvozaga yo'naltirib qo'ydi - 0:1!
32. Zarbaaa! Bozorovning zarbasidan keyin Adhamov uni qaytardi, qaytgan to'pni Chalasan maydon tashqarisiga tepib yubordi.
31. Sanjar Quvvatov havodan uchib kelgan to'pni qabul qilish chog'ida jarima maydonchasi tashqarisiga chiqib ketgan bo'lishi mumkin. Muxlislar bunga qo'shilishmayapti va etiroz bildirishmoqda.
30. Takroriy lavhalarga ko'ra, Damir Temirov hech qanday harakat qilmagan va bu “kontakt” penalti uchun etarli emas.
29. Sobirxo'jaev jarima maydonchasi ichida yiqilib, hakamga qaradi, referi penaltm yo'qligini ma'lum qildi.
26. Ismonaliev to'pni olib qo'yish ilinjida Chineduni yiqitdi. Uchrashuv hozircha faqat qoidabuzarliklar bilan esda qolmoqda.
24. Hakam tomonidan salqinlanish vaqti e'lon qilindi.
23. Turg'unboev havolatib amalga oshirilgan uzatmani qabul qilib oldinga intilayotgandi, biroq shu vaqtda ofsayd qayd etildi.
20. Sobirxo'jaev qanotda Mahamadjonovga nisbatan qoidani buzdi.
18. Bu safar Iminov Chineduni yiqitishga majbur bo'ldi.
15. Bo'riev Iminovga nisbatan qo'pollik ishlatdi.
14. Bekzod Sulaymonov qanotdan yorib kirdi, Abdumajidov so'nggi pallada to'pni uzoqlashtirishga urindi, ammo to'p Bo'rievga tegib maydonni tark etdi.
10. Uuux! Akmal Mozgovoyning olis masofadan yo'llagan zarbasi sal noaniq ketdi.
9. Uuux! Sulaymonovning to'xtatmasdan tepgan zarbasidan keyin to'p darvoza to'ridan joy olishiga bir baxya qoldi.
8. Turg'unboevning qanotdan uzatgan pasidan keyin to'p maydonna tark etdi, Quvvatov uni maydonda olib qololmadi.
5. Basharning havolatib oshirib bergan to'pini Adhamov urib yubordi.
4. Zarbaa! Mahamadjonovning zarbasi rikoshet orqali darvozabonga borib tushdi.
3. Uuux! Resanning burchak zarbasi orqali oshirib bergan pasidan so'ng Muhammadrasul Abdumajidov bosh bilan zarba berdi, Chalasan darvozaga kirib ketayotgan to'pni qaytardi!
2. Sobirxo'jaev Mozgovoy bilan paslashgan holda ichkariga pas uzatishga urindi, biroq himoyachi bunga to'sqinlik qildi.
1. Uchrashuv boshlandi!
![]() | 28.07.2026 01:56 Ўқилди 17183 "Al Hilol" O'zbekiston terma jamoasiga gol urgan hujumchi uchun 70 mln. evro taklif qiladi |
![]() | 28.07.2026 00:24 Ўқилди 4417 Mirko Yyelichich: "Birinchi bo'limni juda yomon o'tkazdik" |
![]() | 27.07.2026 20:08 Ўқилди 4295 Superliga. "Andijon" – "Buxoro" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 25.07.2026 22:32 Ўқилди 3980 Baxtiyor Umarov: "Raqibdan faqat kurashga asoslangan bunday o'yinni kutmagan edik" |
![]() | 23.07.2026 02:08 Ўқилди 3709 Sergey Lushchan: "Natijadan ko'nglim to'ldi, chunki hozirgi holatda har bir ochko juda muhim" |
![]() | 28.07.2026 20:11 Ўқилди 3223 UFC sobiq chempioni Jon Jons Ronaldu va Messi o‘rtasida tanlov qildi |
![]() | 24.07.2026 01:48 Ўқилди 2993 "Navbahor" "yo'lbarslar"ning navbatdagi xo'ragi bo'ladimi? Kapadze javob berdi |
![]() | 27.07.2026 08:24 Ўқилди 2989 AS Mourinyoga maqul kelmagan va bu transfer oynasida "Real"ni tark etadigan futbolchilar nomini ma'lum qildi |
![]() | 27.07.2026 21:16 Ўқилди 2961 "G'azalkent"dan dahshatli kambek, "Aral" ancha ilgarilab ketdi. Proliga sharhi, 11-tur |
![]() | 25.07.2026 21:56 Ўқилди 2784 O'rtoqlik uchrashuvlari. "Bavariya" 3-divizion klubiga yutqazdi, "Milan" "Seltik" mehmoni bo'ldi |
Реклама
Сайт хақида