
- Biz kutgandek o'yin bo'ldi. "G'azalkent"ning barcha o'yinlarini ko'rganman, iqtidorli yoshlar ko'p. O'yin tashkil qilishda eng yaxshilardan biri deb o'ylayman. O'yinga keladigan bo'lsak, birinchi bo'limda bizda tashabbus bo'ldi, biroq vaziyatlardan foydalana olmadik. Ikkinchi bo'limda esa ikkita gol urib oldik. O'yin oxirida esa natija uchun o'ynadik.
- O'yin oldidan taxlil qilganingizda raqibning qanday kamchiliklarini ko'rgandingiz va bundan jamoangiz qanchalik foydalana oldi?
- Biz ko'proq standartlarga tayanishni istadik va birinchi golni shu tariqa urib oldik. Keyin o'rtada ko'p pressing qilishni istagandik. Bu rejalarimiz o'xshadimi yo'qmi, muxlislar baho bera qolishsin. Birinchi bo'limda markazda ko'proq pressing qilishga intildik.

- Bekzod Ahmadjonov va Vepa Jumaevga ko'p etiroz bildirdingiz. Ularning qaysi jihatlaridan ko'nglingiz to'lmadi?
- To'pni ko'p yo'qotishdi, ayniqsa birinchi bo'limda. Shunday gavdasi bor futbolchilarda o'zlariga ishonch yo'q. Vepa Jumaevni tushunsa bo'ladi, u birinchi davrada o'ynamadi hisob va uning jismoniy holati unchalik yaxshi emas. Bekzod esa o'z tanasidan to'g'ri foydalana olmayapti. Yaxshi futbolchi bo'lishi uchun barcha narsa etarli, faqatgina o'ziga ishonch yo'q. Shunga biroz asabiylashdim.
- Ruslan Qalmag'ambetovning o'yinlari haqida fikringiz, unga boshqa jamoalardan qiziqishlar bo'ldimi?
- Qiziqishlar ko'p, ayniqsa Superligadan. U yuqori darajadagi hujumchi bo'lishi uchun hali ko'p ishlashi kerak. U hali to'p bilan yurishda biroz kuchsizroq. Ruslan hali yaxshi hujumchi bo'la oladi.
- Bugungi o'yin yuqori tempda o'tdi. Jamoangiz ishtirokidagi qancha foiz o'yin shunday tempda bo'ldi deb o'ylaysiz?
- Yaxshi savol berdingiz. Bizning asosiy yutug'imiz - tezlik. Yigitlardan har doim tezkor pressing qilishni, qarshi hujumda ham tezlikni talab qilamiz. Birinchi bo'limdan keyin ham yigitlarga tezlikni qo'shishni talab qildim. Yaxshi, jangovar va tezkor o'yin bo'ldi.
- O'yinchi almashtirish paytida biroz asabiylashdingiz. Futbolchingiz vaqt cho'zganiga jaxlingiz chiqdimi yoki murabbiylardan?
- Ikkita almashtirish amalga oshirmoqchi edim. Qarasam murabbiylar almashtiriladigan futbolchilarda xato qilishibdi. Bu birinchisi emas-da. Ikkinchi marta shunday xato bo'lyapti. Shunga biroz hissiyotlarga berildim. O'yindan keyin barchadan uzr so'radim.
- "Aral" jamoasiga Superligaga chiqish bo'yicha aniq vazifa qo'yilgan. Hali transferlar oynasi yopilgani yo'q. Shu tarkib bilan Superligaga chiqishga ko'zingiz etadimi? Chunki raqobatchilar juda kuchli.
- To'g'ri savol. Superligadan ikki futbolchini olmoqchi edik. Ular bizga o'tmadi. Transferlar oynasi yopilguncha ikkita futbolchi olishimiz kerak. Shu futbolchilar bilan hozir birinchi o'rindamiz. O'z yigitlarimga ishonaman. Lekin baribir Superligada o'ynagan ikki futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchimiz.
![]() | 28.07.2026 01:56 Ўқилди 17171 "Al Hilol" O'zbekiston terma jamoasiga gol urgan hujumchi uchun 70 mln. evro taklif qiladi |
![]() | 28.07.2026 00:24 Ўқилди 4393 Mirko Yyelichich: "Birinchi bo'limni juda yomon o'tkazdik" |
![]() | 27.07.2026 20:08 Ўқилди 4268 Superliga. "Andijon" – "Buxoro" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 25.07.2026 22:32 Ўқилди 3959 Baxtiyor Umarov: "Raqibdan faqat kurashga asoslangan bunday o'yinni kutmagan edik" |
![]() | 23.07.2026 02:08 Ўқилди 3709 Sergey Lushchan: "Natijadan ko'nglim to'ldi, chunki hozirgi holatda har bir ochko juda muhim" |
![]() | 22.07.2026 04:48 Ўқилди 3251 Superliga. "Buxoro" - "Bunyodkor" 1:0 |
![]() | 28.07.2026 20:11 Ўқилди 3220 UFC sobiq chempioni Jon Jons Ronaldu va Messi o‘rtasida tanlov qildi |
![]() | 24.07.2026 01:48 Ўқилди 2990 "Navbahor" "yo'lbarslar"ning navbatdagi xo'ragi bo'ladimi? Kapadze javob berdi |
![]() | 27.07.2026 08:24 Ўқилди 2968 AS Mourinyoga maqul kelmagan va bu transfer oynasida "Real"ni tark etadigan futbolchilar nomini ma'lum qildi |
![]() | 27.07.2026 21:16 Ўқилди 2958 "G'azalkent"dan dahshatli kambek, "Aral" ancha ilgarilab ketdi. Proliga sharhi, 11-tur |
Реклама
Сайт хақида