Mirjalol Jo'raev: "Bunday o'yinlar taqdirini birgina gol hal qilardi. Raqibga omad kulib boqdi"
31.07.2026 23:24 Ўқилди: 399
- O'yin derbiga hos janglar bilan o'tdi. Bizga agressiya yetishmadi deb o'ylayman. Bunday bahslar taqdirini bitta gol hal qilardi va raqibga omad kulib boqdi.
- Tanaffusdan oldingi va keyingi "Yaypan"ning farqi kattadek. Bu yaxshi futbolchilarning jamoadan ketgani bilan bog'liqmi yoki yangi kelganlar eskilarning o'rnini bosa olishmayaptimi?
- Unday deb o'ylamayman. Katta tanaffus bo'ldi. Jamoa hali o'z o'yinini topib oladi. Buning uchun vaqt kerak bo'ladi.
- O'tgan o'yinda gol urgan Mustafo Abdumannopov zaxiradan maydonga tushirilganining sababi nima?
- Abdumannopov o'tgan o'yinda ham yaxshi o'ynagandi va gol ham urdi. Bugungi o'yinda u zaxiradan maydonga tushib, ikkinchi taymda o'yinni kuchaytirishini reja qilgandik, biroq bu o'xshamadi.
- Katta tanaffusdan keyin Abduvosiq Abdurashidov agressiv bo'lib qolganga o'xshaydi.
- Bu tabiiy hol. Har qanday futbolchi o'zining sobiq jamoasiga qarshi o'ynaganada, shunday agressiyani namoyish qiladi. U o'z ishini qildi.