Istanbuldagi ilk o'yinda 1:1 hisobi qayd etildi. Hamyurtlarimiz o'ynaydigan “Bashakshexir” ikkinchi o'yinda 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi va guruh bosqichiga chiqish imkoniyatini yo'qqa chiqardi.
Istanbulliklar safida hujumchi Eldor Shomurodov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va 77-daqiqada zaxiraga olindi. Yarim himoyachi Abbos Fayzullayev tanaffusdan so'ng maydonga tushishdi.