
- O'yin haqida fikringiz?
- Yosh jamoaga nisbatan harakat qilgan bo'lsak-da, bosim yuqori bo'ldi. Chiroyli o'yin bo'lishini kutgandik. Birinchi bo'limda ikkita gol urib olganimiz yaxshi bo'ldi. Tanaffusda yigitlarga ikkinchi taymning dastlabki 15 daqiqasida gol o'tkazmasak, hammasi yaxshi yakun topishini aytdik. Baribir bo'shashdik, bu esa darvozamiz tomon golga olib keldi. Hisob 2:1dan keyin ham hujumga o'tdik, chunki bizga uchinchi gol kerak edi, lekin vaziyatdan foydalana olmadik. Shunga qaramay, qo'lga kiritilgan g'alaba bilan "Sho'rtan" muxlislarini tabriklayman.
- Raqib tarkibiga qarasak, 18-19 yoshli futbolchilardan iborat ekan. Yosh jamoaga qarshi kichik hisobli g'alaba qo'lga kiritildi. Bu borada nima deya olasiz?
- Ko'p vaziyatlarda hujumga o'tganimizda raqib o'yinchilari qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. Qolaversa hujumga chiqishda o'zimiz ham sekin o'ynadik. Markaziy himoyachilarimiz bilan yarim himoyachilar bosimga ko'p chiday olishmadi. Raqib bosim o'tkazgan payt to'pni duch kelgan tomonga tepgan holatlarimiz bo'ldi. Ruhiy ustunlik raqib tomonida edi, bizda o'tgan turdagi mag'lubiyatdan keyin bosim yuqori bo'ldi. Yakkakurashlarda ustunlik qilishimiz kerak edi, ammo buni ham eplay olmadik. Yosh futbolchilarda ko'proq shijoat ko'rindi.
- To'p duch kelgan tomonga tepib yuborildi deyapsiz. Bu to'pni oldirib qo'yish hadiki bilan bog'liqmi?
- Ko'p bor aytganmiz, birinchi raqamli jamoa bo'lib o'ynash ham oson, ham qiyin. To'g'ri, birinchi raqamli bo'lib o'ynadik, lekin o'z navbatida raqib qarshiligiga duch keldik. Muhimi, bosimni engib o'tish kerak. Katta bosim ostida o'yinlarni o'tkazsak shunday bo'ladi. Hali aksar futbolchilarimiz katta o'yinlarni ko'rmagan, bu ham biz uchun dars bo'lyapti.
- Jamoaga yangi futbolchilarni jalb etish maqsad qilinganmi?
- Bizga kurashuvchan, yuqori tempga dosh beradigan va yaxshi hujum qila oladigan hujumchi kerak. Raqiblar bosimidan qo'rqmaydigan hujumchi axtaryapmiz. Bugun ko'rdik, 18-19 yoshli futbolchilar ham bizga qarshi bemalol bosim uyushtira olishdi. O'z navbatida bizga ham bosimga chidab beradigan o'yinchilar zarur. Bu chiziqqa legioner qidirmayapmiz, mahalliy hujumchi kerak. Proliga tempiga dosh beradigan o'yinchi qidiryapmiz. Hozircha oldimizda aniq variant yo'q, lekin transfer oynasi yopilguncha topishga harakat qilamiz.
- Ikkinchi bo'limda shogirdlaringiz biroz xotirjamlikka berildi.
- Albatta, biz xotirjam o'ynanglar deb aytmaymiz, chunki hushyorlikni umuman yo'qotish kerak emas. Zamonaviy futbol talabi shu. Himoyachilarimiz ko'p hollarda bo'shashishdi, natijada bo'sh hududlar yuzaga keldi. Shundan keyin o'zimizni o'zimiz qiyin ahvolga solib qo'ydik.
![]() | 28.07.2026 01:56 Ўқилди 17126 "Al Hilol" O'zbekiston terma jamoasiga gol urgan hujumchi uchun 70 mln. evro taklif qiladi |
![]() | 21.07.2026 03:16 Ўқилди 14140 Ronaldu FIFAni korrupsiyada ayblagan videoga layk bosdi |
![]() | 28.07.2026 00:24 Ўқилди 4354 Mirko Yyelichich: "Birinchi bo'limni juda yomon o'tkazdik" |
![]() | 27.07.2026 20:08 Ўқилди 4226 Superliga. "Andijon" – "Buxoro" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 25.07.2026 22:32 Ўқилди 3929 Baxtiyor Umarov: "Raqibdan faqat kurashga asoslangan bunday o'yinni kutmagan edik" |
![]() | 23.07.2026 02:08 Ўқилди 3700 Sergey Lushchan: "Natijadan ko'nglim to'ldi, chunki hozirgi holatda har bir ochko juda muhim" |
![]() | 22.07.2026 04:48 Ўқилди 3245 Superliga. "Buxoro" - "Bunyodkor" 1:0 |
![]() | 28.07.2026 20:11 Ўқилди 3211 UFC sobiq chempioni Jon Jons Ronaldu va Messi o‘rtasida tanlov qildi |
![]() | 21.07.2026 16:16 Ўқилди 3054 Ko'zyoshlar, olqishlar va qizil yo'lakcha: Argentina JCH finalidagi mag'lubiyatdan so'ng chempionlardek kutib olindi |
![]() | 24.07.2026 01:48 Ўқилди 2963 "Navbahor" "yo'lbarslar"ning navbatdagi xo'ragi bo'ladimi? Kapadze javob berdi |
Реклама
Сайт хақида