
- O'yin haqida fikringiz?
- O'ylaymanki, uchrashuv har ikki jamoa uchun qiziq kechdi. Tarkibimizda jarohat olgan o'yinchilar bor, shu sabab o'yin amaliyoti kam futbolchilarni maydonga tushirib, ularga imkon berdik. Amaliyot kamligi sabab ularning o'yinga moslashib ketishi qiyin kechdi va bu ham o'z ta’sirini ko'rsatdi. Keyingi bahslarda ular o'zlarini ko'rsatadi deb o'ylayman. Sekin-asta hammasi bo'ladi. Ikkinchi bo'limda o'zimizga kelib oldik va o'zimiz xohlagan futbolni namoyish etdik. Maqsadimiz raqib tomonida qisqa paslar bilan o'yinni nazorat qilish edi, buning uddasidan chiqdik. Buning natijasida vaziyat yaratib gol urdik. O'yindan o'yinga futbolchilarimiz rivojlanmoqda deb ayta olaman.
- "Sho'rtan" bilan o'yinga qanday taktika tanlangandi: birinchi raqamli jamoa sifatida o'ynashmi yoki qarshi hujumlarda harakat qilish?
- Biz doim to'p bilan o'z o'yinimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. Raqib maydonida pozicion hujumlar qilish bizning ustun jihatimiz deb hisoblayman. Birinchi bo'limda bu ishni ko'ngildagidek bajara olmadik. Faqat ikkinchi taymda uddaladik. "Sho'rtan" yaxshi jamoa, himoyachilari ham kuchli, tarkibida mahoratli o'yinchilar yig'ilgan, shu sababli pressinga doim bormadik.
- Jamoangiz asosan 18-19 yoshli futbolchilardan iborat. Hatto 2010 yilda tug'ilgan futbolchi ham bor ekan. Jamoa kuchayishi uchun yoshi katta futbolchi olish rejangiz bormi?
- Jamoamiz loyiha asosida tashkil qilingan bo'lib, maqsadimiz yoshlarni terma jamoaga tayyorlab berish. Bilasiz, kelasi yil U-20 Jahon chempionatiga mezbonliq qilamiz va ushbu musobaqada shu yoshdagilar o'ynaydi. Asosiy o'yinichlarimiz Superligada harakat qilayotgani tufayli ularga tegmagan holda zaxira varianti sifatida "Respublika FA"ni tashkil qilganmiz. O'z klublarida o'yin amaliyoti kam futbolchilarni jalb qilganmiz. Bizdagi o'yinchilarning aksari o'tgan yil birinchi ligada o'ynagan. Bu yil Proligada debyut qilishyapti. To'g'ri aytdingiz, 2010 yilda tug'ilgan futbolchiimiz ham bor. Shundan kelib chiqib yoshi katta o'yinchilarga e'tibor qaratmaymiz, faqat yoshlar bilan ishlaymiz. Akademiyamizda yoshlar ko'p va ular bilan ishlash maroqli bo'lyapti.
- Iqtidorli yoshlarni kuchli klublar chaqirsa qanday yo'l tutasiz?
- Agar bizdan kuchli jamoalar taklif bilan chiqsa va futbolchimiz o'sha jamoada o'yin amaliyotiga ega bo'lsa, bundan faqat xursand bo'lamiz.
- Odatda futbolchilar bilan yil yakuniga qadar shartnoma tuziladi. Sizlarda ham shunaqami?
- Ha, shunday. Aksar o'yinchilarimiz 2007-2008 yilda tug'ilgan. Undan kichiklar ham bor. Bu yoshdagilar bu mavsum akademiyamiz bitiruvchilari hisoblanadi. Kelasi yil yaxshi jamoalardan taklif bo'lsa, buni albatta ko'rib chiqamiz.
- Tezkor gol haqida fikringiz?
- O'sha vaziyatda xatolar bir-biriga ulanib ketdi. Qanotdagi futbolchilarimiz tayyor bo'lmagan holatda markazda o'ynashga harakat qilishdi. Natijada to'p yo'qotdik va raqib o'yinchisi chiroyli zarba bilan gol urdi. Baribir darvozabonimiz ham pozicion xatoga yo'l qo'ydi. Buni o'yindan keyin gaplashdik.
- Zaxiradan tushganlar o'zlarini ko'rsata oldi. Ularni keyingi o'yin asosiy tarkibda ko'ramizmi?
- Zaxiradan qo'shilgan ikki futbolchimiz asosiy tarkib futbolchisi hisoblanadi. Faqat o'yindan oldin engil jarohat sabab ularni zaxiraga qo'ydik. Hamma futbolchilarga imkoniyat beramiz. Ikkinchi bo'limda asosiy o'yinchilar maydonga tushgani sezildi. Avgust oxirlarida Osiyo chempionati saralash bosqichini boshlaymiz, shu vaqtgacha jarohati bor futbolchilarni davolab maydonga qaytarishimiz kerak bo'ladi.
- Raqamlarga qarasak, jamoangiz urgan gollar bilan o'tkazib yuborilgan to'plar bir-biriga yaqin ekan.
- Tan olish kerak, biz o'z darajamizdan ancha yuqori Ligada o'ynayapmiz. Bu yil Proliga judayam zo'r o'tyapti, musobaqa saviyasi ancha ko'tarilgan. Shuncha tur o'tibdiki, biz hech bir uchrashuvni oson o'tkazmadik. Har bir o'yin biz uchun dars bo'lyapti. To'p bilan bo'lganda hujumkor futbol tarafdorimiz, himoyadagi xatolar esa tajriba kamligi bilan bog'liq. Biz o'z oldimizga qo'yilgan maqsadni esdan chiqarmasligimiz kerak. Muhimi, futbolchilar ko'zi yonib maydonga tushishi shart, qayerdadir texnik yo texnik xatolar kuzatilsa, bunga ko'z yumamiz. Agar ko'zi yonmasa, bunga chiday olmayman. Hozircha hech kimga yirik hisobda mag'lub bo'lmadik, bu ham qaysidir jihatdan bizni qoniqtiryapti.
![]() | 28.07.2026 01:56 Ўқилди 17126 "Al Hilol" O'zbekiston terma jamoasiga gol urgan hujumchi uchun 70 mln. evro taklif qiladi |
![]() | 21.07.2026 03:16 Ўқилди 14140 Ronaldu FIFAni korrupsiyada ayblagan videoga layk bosdi |
![]() | 28.07.2026 00:24 Ўқилди 4354 Mirko Yyelichich: "Birinchi bo'limni juda yomon o'tkazdik" |
![]() | 27.07.2026 20:08 Ўқилди 4226 Superliga. "Andijon" – "Buxoro" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 25.07.2026 22:32 Ўқилди 3929 Baxtiyor Umarov: "Raqibdan faqat kurashga asoslangan bunday o'yinni kutmagan edik" |
![]() | 23.07.2026 02:08 Ўқилди 3700 Sergey Lushchan: "Natijadan ko'nglim to'ldi, chunki hozirgi holatda har bir ochko juda muhim" |
![]() | 22.07.2026 04:48 Ўқилди 3245 Superliga. "Buxoro" - "Bunyodkor" 1:0 |
![]() | 28.07.2026 20:11 Ўқилди 3208 UFC sobiq chempioni Jon Jons Ronaldu va Messi o‘rtasida tanlov qildi |
![]() | 21.07.2026 16:16 Ўқилди 3054 Ko'zyoshlar, olqishlar va qizil yo'lakcha: Argentina JCH finalidagi mag'lubiyatdan so'ng chempionlardek kutib olindi |
![]() | 24.07.2026 01:48 Ўқилди 2963 "Navbahor" "yo'lbarslar"ning navbatdagi xo'ragi bo'ladimi? Kapadze javob berdi |
Реклама
Сайт хақида