
Vadim Abramov: “Qiyin bahs bo'ldi. Yigitlarga rahmat. Futbolchilarga etirozim yo'q. Kutilmagan xatolar psixologiya sabab ro'y berdi, chunki hisob xavfli edi. “Qo'qon-1912” o'zining kuchli tomonlarini biladi. Bo'yi uzun yigitlar maydonga tushishdi va uzatmalar boshlandi. Omadimiz keldi, darvozabon jonimizga oro kirdi. Hammani g'alaba bilan tabriklayman.
- Bugun tarkibda rotaciya bo'ldi. Avanesyan haqida fikringiz?
- U hali jismonan tayyor emasligi ko'rindi, lekin yaxshi uzatmalari bor ekan. Formaga kirib olganidan so'ng yaxshiroq ko'rinishi aniq. Debyut uchun yaxshi harakat qildi.
- Jahongir O'rozov boshqa jamoaga o'tishini kutgandik. Ammo bugun “Dinamo” safida maydonga tushdi va o'zi uchun odatiy bo'lmagan chap qanotda harakat qildi.
- Tez orada u uchib ketadi. Transfer amalga oshadi deb umid qilamiz. Anchadan beri o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgani, raqib safida bo'yi uzun yigitlar tushgani sabab uni maydonga tushirdik. Qo'shimchasiga xayrlashuv uchrashuvi bo'ldi.
- Mundialdan so'ng odatda JCHda qatnashganlar dam olishga ketishadi, bizda esa tezda chempionat o'yinlariga tushib ketishmoqda. Bu futbolchilarning jismoniy holatiga ta’sir ko'rsatadimi?
- Albatta. Ular bor kuchini ishlatib kelishdi, bu yerda havo ham juda issiq. Ikki nafar futbolchimiz mundialda qatnashishdi. Hozircha ularsiz o'ynaymiz.
- Oldinda “Nefchti” bilan bahs bor. Azizbek Amonov holati haqida ma'lumot bera olasizmi?
- Unda jarohat bor. Uzoq vaqtga safdan chiqqan. Kamida 1 oy o'ynamaydi.
- “Dinamo” JCHda ishtirok etgan futbolchilari FIFAdan pul oldimi?
- Infantino hammaga 40 mln. evrodan taklif qilyapti-ku. Kutyapmiz… Kim pul olgani haqida ma'lumotga ega emasman.
- Bazi professional futbolchilar huddi birinchi marta maydonga tushgandek, to'p bilan nima qilishni bilmaydi, xatolarga yo'l qo'yadi. Ular bilan mashg'ulotlarda bu borada ishlaysizmi?
- Qiyin va uzun savol. Men yigitlarni ruhan tayyorlayman, boshqa hech narsa demayman. Bu hammasi maydonda qaror qabul qiladigan futbolchiga bog'liq. 3:1 bo'lganida bunday savollar bo'lmasdi, 3:2da esa bosim boshlanadi. Hissiyotlar, shoshilishadi, yana gol urishga urinishdi.
- Anvar Hojimirzaev Superliga to'purariga aylandi…
- U keragidek mashg'ulotlarni o'tkaza boshladi va mana buni mahsuli.
- Siz terma jamoa sobiq ustozi sifatida “Dinamo” safida Osiyo Kubogida ishtirok etadigan futbolchilarni ko'ryapsizmi?
- Har bir murabbiy o'z shogirdini o'sha poziciyadagi eng zo'ri deb hisoblaydi. Hamma murabbiyning qarashi turlicha. Agar jadvalda yuqoriroq bo'lsak, jamoamizga e'tibor qaratishadi. Biz futbolchi tayyorlab beraveramiz, biroq hammasi terma jamoa bosh murabbiyiga bog'liq. Sizga yoqadigan o'yinchi, terma jamoa ustoziga yoqmasligi mumkin.
- Hozir butun dunyoda darvozabon murabbiyi bor. Nemanov bugun yaxshi o'ynadi. U terma jamoa darvozasini qo'riqlashga nomzod bo'la oladimi?
- Albatta. Yulduzlik kasalini orttirib olmasa, o'z ustida ishlashda davom etsa aytganingiz bo'ladi. Hozir terma jamoa darvoza chizig'ida muammo bor, bu haqida hamma biladi. Xatolari ustida ishlashi kerak.
![]() | 28.07.2026 01:56 Ўқилди 17075 "Al Hilol" O'zbekiston terma jamoasiga gol urgan hujumchi uchun 70 mln. evro taklif qiladi |
![]() | 21.07.2026 03:16 Ўқилди 14119 Ronaldu FIFAni korrupsiyada ayblagan videoga layk bosdi |
![]() | 21.07.2026 00:24 Ўқилди 9317 Donald Tramp JCH-2026 yakunlarini sarhisob qildi: "Bu tarixdagi eng xavfsiz va tomoshabop jahon chempionati bo'ldi" |
![]() | 28.07.2026 00:24 Ўқилди 4330 Mirko Yyelichich: "Birinchi bo'limni juda yomon o'tkazdik" |
![]() | 27.07.2026 20:08 Ўқилди 4208 Superliga. "Andijon" – "Buxoro" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 25.07.2026 22:32 Ўқилди 3929 Baxtiyor Umarov: "Raqibdan faqat kurashga asoslangan bunday o'yinni kutmagan edik" |
![]() | 23.07.2026 02:08 Ўқилди 3697 Sergey Lushchan: "Natijadan ko'nglim to'ldi, chunki hozirgi holatda har bir ochko juda muhim" |
![]() | 22.07.2026 04:48 Ўқилди 3221 Superliga. "Buxoro" - "Bunyodkor" 1:0 |
![]() | 28.07.2026 20:11 Ўқилди 3181 UFC sobiq chempioni Jon Jons Ronaldu va Messi o‘rtasida tanlov qildi |
![]() | 20.07.2026 16:33 Ўқилди 3090 Unai Simon JCH finallarida o‘z darvozasini "quruq" saqlab qolgan tarixdagi 8-darvozabonga aylandi |
Реклама
Сайт хақида