
Andrey Shipilov: “Bugun futbolchilarimga hech qanday etiroz bildira olmayman. Ular bugun bor kuchini berishdi va eng yaxshi o'yinlarimizdan birini o'tkazdik deb o'ylayman. Afsuski, raqib 3 ta biz esa 2 ta gol urdik. Bugun omad bizdan yuz o'girdi. Futbolda shunaqasi ham bo'lib turadi.
- “Qo'qon-1912” bugun juda yaxshi harakat qildi. Biroq ko'pchilik tarkibida ko'rishni xohlaydigan Nimeli va Tabatadze bahsni zaxirada boshlashdi, shunga qaramay jamoangiz hujumda juda yaxshi o'ynadi. Ular tarkibga to'g'ri kelmaydiganga o'xshaydi…
- Ular yaxshi hujumchilar. Toma boshidan biz bilan, Nimeli omadli tasodif tufayli tarkibimizga qo'shilgan. Ular ko'p mashg'ulotlarni o'tkazib yuborishdi. Yigitlar hech bo'lmasa 70% tayyor bo'lganida, ularni maydonga tushirgan bo'lardim. Hujumdagi yigitlar tezkor gol urishdi, demak, to'g'ri qilibmiz. Men na o'zimga va na jamoaga dushmanman. Bugun o'z poziciyasida tayyor bo'lganlarni maydonga tushirdik. Javohir Sidiqov uzoq vaqt maydonga tusha olmagan edi, endi esa ketma-ket uchinchi o'yinni to'liq o'tkazmoqda. Zaxirada qolganlar bilan ham ishlash kerak. O'zimni top murabbiy deb hisoblamayman, ammo bunday straykerlar bilan ishlash qiziq.
- “Qo'qon-1912”ga xorijlik investorlar qiziqish bildirgan edi, bu borada sizda biror ma'lumot bormi? Zaxiradan o'yinga tushirgan futbolchilarni nega asosiy tarkibda tushirmadingiz? Gadoev, Nimeli va Hasanov jismonan tayyor emasmi?
- Birinchi ikkita o'yin og'ir o'tdi. Gadoev birinchi marta asosiy tarkibda maydonga tushmadi, Kubokni hisobga olmasak albatta. Hasanov o'z ishini bajaryapti. U zaxiradan bahsga qo'shilib, gol uryapti. Bizda uchrashuv uchun reja bor, qayerdadir o'yinni kuchaytirish kerak. Omadimiz kelmadi va darvozabon yaxshi o'ynadi.
Investorlarga keladigan bo'lsak, men ham huddi sizdek ma'lumotga egaman. Ha, investorlar kelishdi. Hozircha katta o'zgarishlar yo'q. Yaxshi stadionimiz, yaxshi mashg'ulot maydonimiz bor. Bu yil moliyalashtirishda muammolar bo'layotganini hamma biladi. Harakat qilishyapti, ammo Abu-Dabi yoki Al-Ayndagi kabi futbol shaharchasi borasida ma'lumotlar eshitmadim. Bizning ko'chamizda ham bayram bo'ladi deb umid qilamiz.
![]() | 28.07.2026 01:56 Ўқилди 17075 "Al Hilol" O'zbekiston terma jamoasiga gol urgan hujumchi uchun 70 mln. evro taklif qiladi |
![]() | 21.07.2026 03:16 Ўқилди 14119 Ronaldu FIFAni korrupsiyada ayblagan videoga layk bosdi |
![]() | 21.07.2026 00:24 Ўқилди 9317 Donald Tramp JCH-2026 yakunlarini sarhisob qildi: "Bu tarixdagi eng xavfsiz va tomoshabop jahon chempionati bo'ldi" |
![]() | 28.07.2026 00:24 Ўқилди 4330 Mirko Yyelichich: "Birinchi bo'limni juda yomon o'tkazdik" |
![]() | 27.07.2026 20:08 Ўқилди 4208 Superliga. "Andijon" – "Buxoro" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 25.07.2026 22:32 Ўқилди 3929 Baxtiyor Umarov: "Raqibdan faqat kurashga asoslangan bunday o'yinni kutmagan edik" |
![]() | 23.07.2026 02:08 Ўқилди 3697 Sergey Lushchan: "Natijadan ko'nglim to'ldi, chunki hozirgi holatda har bir ochko juda muhim" |
![]() | 22.07.2026 04:48 Ўқилди 3221 Superliga. "Buxoro" - "Bunyodkor" 1:0 |
![]() | 28.07.2026 20:11 Ўқилди 3181 UFC sobiq chempioni Jon Jons Ronaldu va Messi o‘rtasida tanlov qildi |
![]() | 20.07.2026 16:33 Ўқилди 3090 Unai Simon JCH finallarida o‘z darvozasini "quruq" saqlab qolgan tarixdagi 8-darvozabonga aylandi |
Реклама
Сайт хақида