
- O'yin haqida fikringiz?
- Bu o'yinni yutmasak bo'lmasdi, g'alabaga munosib edik. Shoshmay harakat qilganimiz yaxshi bo'ldi, agar shoshib qolganimizda kerakli natijaga erishmagan bo'lardik. Aksar raqiblar bizga qarshi himoyaviy sxemani tanlab, qarshi hujum asosida o'yinni quryapti. Bugungi raqibimiz ham shunday usulda harakat qildi. Bir-ikkita vaziyatlarni inobatga olmaganda qarshi hujumlarga imkon bermadik. Qaysidir vaziyatda raqib darvozaboni yaxshi harakat qildi, lekin o'yin tomonlama to'liq ustunlik bizda bo'ldi. Natijada gol urib g'alaba qozondik.
- Sharof Muhitdinov maydonga tushgach o'yin ancha kuchaydi. Nega u bahs boshidan maydonga tushmadi?
- Sharofga biroz dam berdik, o'yinlar orasi qisqa, rotaciyaga qo'l uryapmiz, oldinda yanayam muhim bellashuvlar kutmoqda.
- "Nasaf" yaxshi hujum qilyapti, kombinaciyalari ham chiroyli, faqat oxirgi zarbani beradigan o'yinchi topilmayapti. Futbolchilarda o'ziga bo'lgan ishonch yo'qmi?
- Ishonch bor, faqat sovuqqonlik yetishmayapti. Jarima maydonchasi oldida va ichida birmuncha sovuqqonlik bilan harakat qilish kerak bo'ladi. Bu haqda ko'p gapiryapmiz va yigitlardan shuni talab qilyapmiz.
- Aksar klublar g'alabali o'yindan keyin mukofot pullari olishadi. Bu borada "Nasaf"da vaziyat qanday?
- Savolingizga javob bera olmayman. Bizda ham bo'lardi. Bugungi o'yinni olaylik, ko'p mehnat qildik, oxirigacha kurashdik. 90 daqiqa 180 puls bilan ishlash juda og'ir. O'ylaymanki, bizda ham rag'batlantirish amalga oshadi.
- Viloyat hokimligi tomonidan "Nasaf"ga 10 milliard so'm ajratildi. Bundan xabardormisiz?
- To'g'risi, bu haqda hali eshitmadim.
- "Nasaf" germaniyalik hujumchi bilan qiziqqani haqida xabar chiqdi. Bu rostmi?
- Bu mish-mish. Saudiya birinchi ligasida o'ynar ekanmi?
- Buni bilmadik. Lekin hujumchi ekanini va Germaniya U-21 jamoasida o'ynaganini yozishdi.
- Ismini eslay olmadim-u, Saudiya Arabistoni birinchi ligasida o'ynagan nemis futbolchisiga qiziqqandik, lekin uning talablari yuqori bo'lib chiqdi. Shu bois transfer amalga oshmadi. Kimnidir chaqirishdan oldin cho'ntagimizga qaraymiz.
- "Mashal" ham Qashqadaryo jamoasi, lekin ularda legioner ko'p.
- Bitta viloyat jamoasi bo'lganimiz bilan homiylarimiz boshqa-boshqa. Shu bois ular qaysi shartlar asosida legioner olib kelayotganini bilmayman.
![]() | 19.07.2026 23:56 Ўқилди 191784 Xarri Keyn: "Biz Argentinaga qarshi so'nggi daqiqalarda o'zimiz istagan jamoa bo'la olmadik" |
![]() | 20.07.2026 01:22 Ўқилди 112559 Fabian Ruis Ispaniya terma jamoasi safidagi 50-o‘yinini JCH finalida o‘tkazmoqda |
![]() | 19.07.2026 23:22 Ўқилди 25784 Habib Nurmagomedov JCH-2026 finali natijasi nimaga bog‘liqligini tushuntirdi |
![]() | 19.07.2026 02:00 Ўқилди 19190 JCH-2026. Fransiya - Angliya LIVE |
![]() | 28.07.2026 01:56 Ўқилди 17030 "Al Hilol" O'zbekiston terma jamoasiga gol urgan hujumchi uchun 70 mln. evro taklif qiladi |
![]() | 19.07.2026 03:11 Ўқилди 16402 Skaloni JCH haqida: "Finalga munosib jamoalar chiqdi" |
![]() | 21.07.2026 03:16 Ўқилди 14110 Ronaldu FIFAni korrupsiyada ayblagan videoga layk bosdi |
![]() | 20.07.2026 01:11 Ўқилди 11764 JCH-2026 finali oldidan AQSH madhiyasi ijro etilishi muhokamalarga sabab bo‘ldi |
![]() | 21.07.2026 00:24 Ўқилди 9305 Donald Tramp JCH-2026 yakunlarini sarhisob qildi: "Bu tarixdagi eng xavfsiz va tomoshabop jahon chempionati bo'ldi" |
![]() | 28.07.2026 00:24 Ўқилди 4312 Mirko Yyelichich: "Birinchi bo'limni juda yomon o'tkazdik" |
Реклама
Сайт хақида