
- O'yin haqida fikringiz?
- Bahs qiyin kechdi, har ikki jamoa murakkab uchrashuvni o'tkazdi deb o'ylayman. Kamida durangga umid qilgandik, lekin oxirgi o'n daqiqalikda to'p o'tkazib yubordik. Bu vaziyatda hushyorlikni yo'qotib qo'ydik deb o'ylayman. Baribir futbolchilarimizga katta rahmat aytmoqchiman. O'yinga o'zini bag'ishlash borasida muammo ko'rinmadi. Afsuski, vazifani ajara olmadik. Shu o'rinda Navoiydan kelgan ishqibozlarimizga ham rahmat deb qolaman. Bu o'yin tarixda qoladi va biz keyingi bahsga hozirlik ko'ramiz. Ijobiy natija ko'rsatishga harakat qilamiz.
- Bugun Islom Kenjaboev ko'rinmadi.
- U "Navbahor" bilan bahsning boshida jarohat olgandi, hozir davolanish bilan band. O'ylaymanki, keyingi uchrashuvga tayyor bo'ladi.
- Oxirgi intervyularingizda jamoa Superligada qolish uchun kurashyapti mazmunida gapirdingiz. Nega bunday dedingiz? Yuqoriga ko'tarilish uchun hali imkoniyat bor-ku.
- Turnir jadvalini ko'ryapsiz, har bir jamoa kurash olib boryapti. Jamoalar juda tig'iz joylashgan, shu bois har bir o'yin og'ir o'tyapti. Hozir 5-4-o'rinlar haqida gapirish real emas. Agar jamoa shu o'rinlar uchun kurashganida meni chaqirishmagan bo'lardi. Hech kim o'tish o'yinlarida qolishni istamayapti.
- Jamoangizning moliyaviy tomoni boshqa jamoalarga nisbatan yaxshi bo'lsa kerak? Shuni hisobga olib yuqori o'rinlarga harakat qilsa bo'lmaydimi?
- Men hamma gaplarni tushunib turibman. Gap moliyaviy holatda emas, shunday sabablar borki men ularni ochiq ayta olmayman. Bu savolni oldin ham berishdi. Aytib o'tganimdek, ichki sirlarni ayta olmayman.
- Oxirgi daqiqalarda "Nasaf" ko'proq hujum tashkil qilishi va bosim o'tkazishi aniq edi. Shuni hisobga olib futbolchilarga qo'shimcha ko'rsatmalar berdingizmi?
- "Nasaf" o'z maydonida harakat qilib, o'yin nazoratini qo'lga oldi. Menimcha, bahs oxirlariga kelib orqada o'tirib qoldik, zaxiradan tushganlar ham biz kutgan o'yinni namoyish qila olmadi. Jamoamizda gol urish uchun imkon bo'ldi, lekin foydalana olmadik. Afsuski, raqibning gol urishiga xalaqit bera olmadik.
![]() | 19.07.2026 23:56 Ўқилди 191784 Xarri Keyn: "Biz Argentinaga qarshi so'nggi daqiqalarda o'zimiz istagan jamoa bo'la olmadik" |
![]() | 20.07.2026 01:22 Ўқилди 112559 Fabian Ruis Ispaniya terma jamoasi safidagi 50-o‘yinini JCH finalida o‘tkazmoqda |
![]() | 19.07.2026 23:22 Ўқилди 25784 Habib Nurmagomedov JCH-2026 finali natijasi nimaga bog‘liqligini tushuntirdi |
![]() | 19.07.2026 02:00 Ўқилди 19190 JCH-2026. Fransiya - Angliya LIVE |
![]() | 28.07.2026 01:56 Ўқилди 17030 "Al Hilol" O'zbekiston terma jamoasiga gol urgan hujumchi uchun 70 mln. evro taklif qiladi |
![]() | 19.07.2026 03:11 Ўқилди 16402 Skaloni JCH haqida: "Finalga munosib jamoalar chiqdi" |
![]() | 21.07.2026 03:16 Ўқилди 14110 Ronaldu FIFAni korrupsiyada ayblagan videoga layk bosdi |
![]() | 20.07.2026 01:11 Ўқилди 11764 JCH-2026 finali oldidan AQSH madhiyasi ijro etilishi muhokamalarga sabab bo‘ldi |
![]() | 21.07.2026 00:24 Ўқилди 9305 Donald Tramp JCH-2026 yakunlarini sarhisob qildi: "Bu tarixdagi eng xavfsiz va tomoshabop jahon chempionati bo'ldi" |
![]() | 28.07.2026 00:24 Ўқилди 4312 Mirko Yyelichich: "Birinchi bo'limni juda yomon o'tkazdik" |
Реклама
Сайт хақида