Chempionlar ligasi saralashi. "Sabah" keyingi bosqichga chiqdi, Rahmonaliev asosiy tarkibda o'ynadi
28.07.2026 22:40 Ўқилди: 458
O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Umarali Rahmonaliev to'p tepadigan Ozarbayjonning “Sabah” jamoasi Finlyandiyaning “Kups” klubi mehmoni bo'ldi. Dastlabki o'yinda 1:0 hisobida zafar quchgan ozarbayjonliklar javob uchrashuvida ham g'alaba qozonishdi. Rahmonaliev bahsni asosiy tarkibda boshladi, 60 daqiqada sariq kartochka oldi va 78 daqiqada almashtirildi. “Sabah” katta ehtimol keyingi bosqichda Polshaning Poznanning “Lex” jamoasiga qarshi o'ynaydi.
Chempionlar ligasi saralashi. “Kups” (Finlyandiya) - “Sabah” (Ozarbayjon) 0:2 Gollar: Simich 52, Mikels 70.