
Joriy yilgi licenziyalash mavsumi natijalariga ko'ra, O'zbekistonning 19 ta klubi OFK licenziyalashidan muvaffaqiyatli o'tib, professional klub maqomini oldi. Ahamiyatlisi, joriy yilga natijalarga ko'ra, Superliganing barcha jamoalari, shuningdek, Proliganing uch klubi - Aral, Metallurg hamda Sho'rtan licenziyaga ega chiqdi. Bular orasidan Qoraqalpog'istonning Aral klubi o'z tarixida ilk bor licenziatga aylandi.
Konfederatsiya taqdim etgan ma'lumotga asosan, O'zbekiston va Qatar licenziatlar soni bo'yicha qitada yetakchi bo'lib turibdi - 19 tadan. Saudiya Arabistonining esa 18 ta licenziat bilan keyingi o'rinda licenziyalash mavsumini yakunladi.
Takidlash joizki, klublarimizning OFK licenziyalashidagi faol ishtiroki nafaqat ulardagi infratuzilma, kadrlari siyosati, yuridik va buxgalteriya ishlarining to'g'ri yo'lga qo'yilishiga, balki barcha klublarimizning qita miqyosidagi musobaqalarga shay holatda bo'lishlarini taminlamoqda. Jumladan, joriy yilning aprel oyida OFK Professional futbol qo'mitasi tomonidan qabul qilingan hamda OFK Ijroiya qo'mitasi tomonidan tasdiqlangan OFK Elit Chempionlar Ligasining kengaytirilishi natijasida O'zbekiston uchun ajratilgan kvotalar soni yana bittaga ko'payib, Nasaf klubi ham kelgusi mavsumdan xalqaro maydonda ishtirok etishi oydinlashdi. Klub licenziyalash mavsumiga bee'tibor bo'lmagani natijasida ularning musobaqadagi ishtirokiga licenziyalash masalasi to'g'anoq bo'lmayapti.
Ma'lumki, OFK licenziyalash dasturi futbol klublarining aniq modelini belgilab bergan hamda bu jarayonda bir qator o'zgarmas modellarga tayanadi. Biroq so'nggi yillarda milliy ligalarimizda FarDU, BuxDU va TerDU kabi universitet jamoalari, Olimpik Mobiuz hamda Respublika FA singari davlat miqyosida yoshlar futbolini rivojlantirishga yo'naltirilgan maxsus loyihalar, shuningdek, G'azalkent va Kattaqo'rg'on kabi xususiy klublar ham faoliyat olib bormoqda. Ushbu klublardan bazilari yangi tashkil etilgani vajidan OFK licenziyasiga ega chiqa olmayotgan bo'lsa, bazilari tuzilish shakli tufayli amaldagi reglamentga ko'ra bunday licenziyani ololmaydi. Shularni inobatga olgan holda, Liga ayni vaqtda mazkur klublarning infratuzilma bilan bog'liq bir qator asosiy yo'nalishlarini o'rganib bormoqda va ular ushbu tekshiruvlardan muvaffaqiyatli o'tgan taqdirda, yil yakuniga qadar professional klub maqomini olgan klublar soni yana bir nechtaga ko'payishi mumkin.
Shu o'rinda, Liga OFK licenziatiga aylangan klublarimizni samimiy qutlab, kelgusi mavsumlarda bunday klublarimiz soni yanada oshishiga umid bildiradi.

![]() | 30.05.2026 21:11 Ўқилди 16626 Anchelotti Neymarning jarohati haqida fikr bildirdi |
![]() | 30.05.2026 22:40 Ўқилди 9140 Zayniddin Tojiev: "Kubok 1/8 finalida "Paxtakor" bilan "Nasaf" tushmasa bo'lgani" |
![]() | 03.06.2026 00:48 Ўқилди 8383 Norvegiya Trampga "Tinchlik mukofoti" topshirilgani yuzasidan shikoyat qildi |
![]() | 30.05.2026 20:56 Ўқилди 6841 LIVE. YCHL finali. PSJ - "Arsenal" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 30.05.2026 22:16 Ўқилди 5297 Bobur Abdurahmonov: "Ikkinchi bo'limdagi o'yinimizdan qoniqdim" |
![]() | 30.05.2026 23:48 Ўқилди 5236 Aybek Nurbaev: "Tajribasizlik pand berdi" |
![]() | 02.06.2026 06:33 Ўқилди 5132 Anchelotti: «Bizda Pele yo‘q» |
![]() | 02.06.2026 07:22 Ўқилди 4708 O‘rtoqlik uchrashuvi. Guruhdoshimiz Kolumbiya Kosta-Rikani mag‘lub etdi |
![]() | 06.06.2026 00:56 Ўқилди 4556 A Seriya jamoasida bosh murabbiy iste'foga chiqarildi |
![]() | 02.06.2026 05:16 Ўқилди 4186 O'rtoqlik uchrashuvi. Kanada - O'zbekiston. Asosiy tarkibimiz ma'lum |
Реклама
Сайт хақида