
- Bu yilgi Proligada jamoangizdan nimalar kutilyapti va ichki muhit qanday? Jamoa oldiga qo'yilgan vazifalar haqida gapirsangiz…
- Jamoa oldiga qo'yilgan vazifa haqida ko'p bor takidlaganman. Tarkibimiz asosan 2007–2008 yillarda tug'ilgan yosh yigitlardan tashkil topgan. Asosiy maqsadimiz - terma jamoaga munosib, raqobatbardosh futbolchilarni etkazib berish va ularning sonini ko'paytirish. Odatda terma jamoaning asosiy o'yinchilari Superliga klublarida to'p tepishadi. Biz esa raqobatni yanada kuchaytirish uchun viloyat akademiyalaridan iqtidorli futbolchilarni ushbu Proliga jamoasiga jalb qilganmiz.
- O'tgan uchrashuvda Asilbek Aliev jamoaga qaytib, yaxshi ko'rsatkich qayd etdi. Umuman olganda, futbolchilarning bugungi imkoniyatlari qay darajada?
- Asilbekni hammamiz yaxshi bilamiz. U o'z mahoratini ko'rsata olgan futbolchi hisoblanadi. To'g'risi, U-17 jamoasi bilan Osiyo Kubogida ishtirok etgan paytimizda u bizga yetishmayotgan edi. Jamoaga qaytgach, maydonda juda yaxshi kayfiyatda o'yin tashkil qildi, golli vaziyatlarni realizaciya qilishda faol qatnashib, g'alabamizga hissa qo'shdi. U jamoamizning eng nozik nuqtasini to'ldira oldi deb ayta olaman.
- O'tgan turda "TerDU" jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda jamoangiz 4-golni urganidan so'ng maydonda janjalli vaziyat yuzaga keldi. O'sha mojaroga nima sabab bo'ldi?
- U yerda vaziyat juda tez sodir bo'ldi. E'tibor bergan bo'lsangiz, to'rtinchi golni kiritganimizdan so'ng raqib shtabi tomonidan bizning futbolchimizga nisbatan juda qo'pol va haqoratli so'zlar yangradi. Natijada biroz etirozli va tarang vaziyat yuzaga keldi. Men raqib jamoasi murabbiylaridan yosh futbolchilarni haqorat qilmasliklarini so'radim, shundan keyin bizga nisbatan ham biroz haqoratli so'zlar ishlatildi. Nima bo'lgan taqdirda ham, bu futbolda uchrab turadigan oddiy konfliktli vaziyatlardan biri.
Bekzod Suvonqulov suhbatlashdi
![]() | 30.05.2026 21:11 Ўқилди 16626 Anchelotti Neymarning jarohati haqida fikr bildirdi |
![]() | 30.05.2026 22:40 Ўқилди 9140 Zayniddin Tojiev: "Kubok 1/8 finalida "Paxtakor" bilan "Nasaf" tushmasa bo'lgani" |
![]() | 03.06.2026 00:48 Ўқилди 8383 Norvegiya Trampga "Tinchlik mukofoti" topshirilgani yuzasidan shikoyat qildi |
![]() | 30.05.2026 20:56 Ўқилди 6841 LIVE. YCHL finali. PSJ - "Arsenal" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 30.05.2026 22:16 Ўқилди 5297 Bobur Abdurahmonov: "Ikkinchi bo'limdagi o'yinimizdan qoniqdim" |
![]() | 30.05.2026 23:48 Ўқилди 5236 Aybek Nurbaev: "Tajribasizlik pand berdi" |
![]() | 02.06.2026 06:33 Ўқилди 5132 Anchelotti: «Bizda Pele yo‘q» |
![]() | 02.06.2026 07:22 Ўқилди 4708 O‘rtoqlik uchrashuvi. Guruhdoshimiz Kolumbiya Kosta-Rikani mag‘lub etdi |
![]() | 06.06.2026 00:56 Ўқилди 4556 A Seriya jamoasida bosh murabbiy iste'foga chiqarildi |
![]() | 02.06.2026 05:16 Ўқилди 4186 O'rtoqlik uchrashuvi. Kanada - O'zbekiston. Asosiy tarkibimiz ma'lum |
Реклама
Сайт хақида