Kerjakov O‘zbekiston terma jamoasi duch keladigan asosiy muammoni aytdi
08.06.2026 13:44 Ўқилди: 204
Olmaotaning «Kayrat» klubi sobiq bosh murabbiyi Aleksandr Kerjakov O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026dagi ishtirokidan nimalar kutayotgani bilan o‘rtoqlashdi.
— Ko‘plab rossiyalik tomoshabinlar qatori men ham O‘zbekiston terma jamoasiga alohida muxlislik qilaman. Buning ustiga, yaqinda Eldor Shomurodov va Abbos Fayzullayev bilan shaxsan tanishishga muvaffaq bo‘ldim. Muammo shundaki, ularda juda qiyin guruh shakllangan. U yerda Portugaliya ham, Kolumbiya ham, DR Kongo ham bor. Oson bo‘lmaydi, shu bois hatto pley-off bosqichiga yo‘l olish ham o‘zbeklar uchun ishonib bo‘lmas muvaffaqiyatga aylanadi, — dedi Kerjakov.
Shuningdek, mutaxassis bo‘lajak mundial favoritlarini ham sanab o‘tdi va Angliya, Ispaniya, Fransiya hamda Portugaliya terma jamoalarini alohida ajratib ko‘rsatdi. Turnirning eng yaxshi to‘purari nomiga esa asosiy da’vogar sifatida fransuz Kilian Mbappeni hisoblashini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatidagi ishtirokini 18 iyun kuni Kolumbiyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.