"Manchester Yunayted" yirik transferni amalga oshirishi mumkin
08.06.2026 13:32 Ўқилди: 54
Taniqli jurnalist va insayder Ekrem Konurning yozishicha, "Manchester Yunayted" rahbariyati "irislar" futbolchisi Iliman Ndiaye bilan shartnoma imzolashni jiddiy ko'rib chiqmoqda.
26 yoshli Ndiaye "irislar" bilan yangi bitim imzolashdan bosh tortgani va yaqin kelajakda klubni tark etishni xohlayotgani aniq bo'lgani haqida xabarlar tarqalgan.
Senegallik yarim himoyachi ushbu mavsum "Everton" safida 34 o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli pas uzatdi. Uning "irislar" bilan amaldagi bitimi 2029 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning transfer qiymati 55 million evroni tashkil etadi.