Braziliya terma jamoasi qaydnomasida o‘zgarish yuz berdi
08.06.2026 13:11 Ўқилди: 453
Uesli Fransada chap son orqa mushagining yirtilishi tashxisi qo‘yildi, deya xabar bermoqda Globo.
Braziliya terma jamoasi himoyachisi avvalroq milliy jamoa ixtiyorini tark etgan edi va u JCH-2026 o‘yinlarida ishtirok etolmaydi. Uning o‘rniga terma jamoaga «Atalanta» klubidan Ederson chaqirildi.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining to‘liq tiklanishi uchun 40 kundan ortiq vaqt talab etiladi. Hozirda Uesli AQSHda bo‘lib turibdi va «Roma» klubidan qachon va qanday tarzda mamlakatni tark etish hamda Italiya klubi tibbiy shtabi nazorati ostida davolanishni boshlash bo‘yicha ko‘rsatmalarni kutmoqda.