Eron terma jamoasi JCH-2026 startidan oldin Meksikaga yetib keldi.
Jamoa mahalliy vaqt bilan yakshanba kuni ertalab Tixuana shahriga qo‘ndi. Musobaqa davomida eronliklar aynan shu yerda baza tashkil qilishadi — AQSHga kirish bilan bog‘liq muammolar tufayli mashg‘ulot lagerini Arizona shtatidagi Tuson shahridan ko‘chirishga to‘g‘ri keldi.
Eronning guruhdagi barcha uchta o‘yini AQSH hududida bo‘lib o‘tadi, biroq futbolchilar va zarur texnik xodimlarga mamlakatga faqat o‘yin kuni uchib kelish va uchrashuv tugashi bilan u yerni darhol tark etishga ruxsat berildi.