
O'zbekiston U–23 terma jamoasi iyun oyida Sloveniyada o'quv–mashg'ulot yig'inlarini o'tkazish hamda AQSH va Yaponiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushish uchun bugun uchib ketdi.
Vakillarimiz mazkur safar oldidan Milliy futbol markazida yig'inga kirishgan edilar.
Jamoa bosh murabbiyi Ravshan Haydarov ushbu yig'inga jalb etilgan futbolchilarning kengaytirilgan ro'yxatini e'lon qildi. Championat.asia sayti ma'lumotlariga ko'ra, kutilmagan tashkiliy muammo sababli bosh murabbiy Ravshan Haydarovning o'zi va terma jamoa himoyachisi Dilshod Abdullaevga viza chiqmay qoldi. Shu bois ular Sloveniyaga jamoa bilan birga uchib keta olishmadi.
May–iyun oylaridagi yig'inga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati quyidagicha ko'rinishga ega:
Darvozabonlar: Samandar Muratbaev ("Nasaf"), Maksim Murkaev ("Paxtakor"), Umar Rustamov ("Olimpik MobiUz").
Himoyachilar: Dilshod Abdullaev ("Paxtakor"), Dilshod Murtazoev ("Nasaf"), G'iyosjon Rizaqulov ("Qizilqum"), Quvonchbek Xushvaqtov ("Nasaf"), Narimon Ahmadjonov ("Bunyodkor"), Diyorbek Abdunazarov ("Nasaf"), Ro'ziboy Fayzullaev ("Olimpik MobiUz"), Saidxon Hamidov ("Olimpik MobiUz"), Islom Anvarov ("Bunyodkor").
Yarim himoyachilar: Ravshan Xayrullaev ("Buxoro"), Rustambek Fomin ("Neftchi"), Muhammadali Reimov ("Lokomotiv"), Saidumarxon Saidnurullaev ("Metallurg"), Sardor Bahromov ("Nasaf"), Ollobergan Karimov ("Sog'diyona"), Azizbek To'lqinbekov ("Bunyodkor"), Jo'rabek Jo'raev ("Olimpik MobiUz"), Oybek O'rmonjonov ("Dinamo"), Asilbek Jumaev ("Neftchi"), Shamsiddin Tursunmuhammadov ("Bunyodkor").
Hujumchilar: Sardor Xoshimov ("So'g'diyona"), Shodiyor Shodiboev ("Lokomotiv"), Firdavs Abdurahmonov ("Dinamo"), Nurlan Ibraimov ("Lokomotiv"), Amirbek Saidov ("So'g'diyona").

O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi yig'in doirasida AQSH va Yaponiyaga qarshi o'yinlarda maydonga tushadi.
![]() | 30.05.2026 21:11 Ўқилди 16422 Anchelotti Neymarning jarohati haqida fikr bildirdi |
![]() | 30.05.2026 22:40 Ўқилди 8954 Zayniddin Tojiev: "Kubok 1/8 finalida "Paxtakor" bilan "Nasaf" tushmasa bo'lgani" |
![]() | 30.05.2026 20:56 Ўқилди 6703 LIVE. YCHL finali. PSJ - "Arsenal" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 27.05.2026 00:48 Ўқилди 6666 Ro'ziqul Berdiev: "Sho'rtan"dan yaxshiroq o'yin kutgan edik" |
![]() | 30.05.2026 22:16 Ўқилди 5240 Bobur Abdurahmonov: "Ikkinchi bo'limdagi o'yinimizdan qoniqdim" |
![]() | 30.05.2026 23:48 Ўқилди 5185 Aybek Nurbaev: "Tajribasizlik pand berdi" |
![]() | 29.05.2026 01:56 Ўқилди 4938 Jo Koul: "Arne Slot yana bir imkoniyatga loyiq" |
![]() | 28.05.2026 01:08 Ўқилди 4013 Here we go! "Barselona" Gordon transferini hal qildi. Transfer summasi aniq |
![]() | 24.05.2026 00:24 Ўқилди 3843 "Bavariya" "Manchester Siti" yulduzini nishonga oldi |
![]() | 24.05.2026 02:44 Ўқилди 3368 Eron FIFA bilan terma jamoa qarorgohini AQSHdan Meksikaga ko‘chirish bo‘yicha kelishuvga erishdi |
Реклама
Сайт хақида