Shomurodov gol urgan Kanadaga qarshi o'yinda kimlar o'ynagan?
01.06.2026 19:56 Ўқилди: 549
Vakillarimiz shu paytga qadar 1 marotaba Kanada bilan to'qnash kelgan. 2016 yil Avstriyada tashkil qilingan o'quv-yig'in doirasida bu bahs bo'lib o'tgan. 20-daqiqada David Edgar hisobni ochgan bo'lsa, ikkinchi bo'limning 62-daqiqasida Eldor Shomurodov muvozanatni tiklagan. Samvel Babayan ustozlik qilgan "oq bo'rilar" 81-daqiqada Akrom Komilovning avtogoli evaziga mag'lub bo'lgan.
Tarkibga e'tibor berar ekanmiz, bir avlodning faoliyatining poyoni, yangi avlodning boshlanishiga guvoh bo'lamiz.
Kanada - O'zbekiston 2:1
Gollar: David Edgar 20, Akrom Komilov (avtogol) 81 - Eldor Shomurodov 62
O'zbekiston: Aleksandr Lobanov, Akrom Komilov, Islom To'xtaxo'jaev, Davron Hoshimov, Egor Krimec, Server Jeparov, Javohir Sohibov, Otabek Shukurov, Eldor Shomurodov, Aleksandr Geynrix, Igor Sergeev