Chuameni: "Men janjal bo'lganini va Valverdeni urganimni o'qigandim, ammo bu haqiqat emasdi"
01.06.2026 19:40 Ўқилди: 189
"Shubhasiz, bir voqelik ro'y bergandi, bu haqda OAVda ko'rgansiz va eshitgansiz. Bu juda bo'rttirilib, yangilikka aylandi va "Real" safida o'ynaganingizda bu katta shov-shuvga sabab bo'ladi. Matbuot juda ko'p bemani gaplar aytildi. Men janjal bo'lganini va uni urganimni o'qigandim, lekin bu haqiqat emasdi.
Tafsilotlarga to'xtalmayman. Eng muhimi, klub nima bo'lganini bilgan. Kiyinish xonasida matbuotga chiqmaydigan ko'p narsalar uchraydi. Hayot davom etmoqda. Fede va mening umumiy maqsadimiz bitta - "Real" bilan titullarni qo'lga kiritish. Hech qanday muammo yo'q. Hozir shaxsiy darajada Valverde bilan muammoga ega emasmiz", – dedi 26 yoshli fransiyalik.
May oyi boshida Valverde "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan mashg'ulot paytida Chuameni bilan urishib ketgani haqida xabarlar paydo bo'ldi. Janjal urugvaylikning bosh miya jarohatiga olib keldi. Madrid klubi ikkala futbolchini ham 500 ming evro jarimaga tortdi.