Jerrard Slotning "Liverpul"dan bo'shatilgani haqida: "Arne dastlabki mavsumida aql bovar qilmas ishni bajardi"
30.05.2026 20:24 Ўқилди: 2819
Avvalroq ushbu lavozimga asosiy nomzod Andoni Iraola ekanligi xabar qilingan edi. "Men bundan hayratda emasman. Arne Slotga juda achinaman, chunki u o'zining dastlabki mavsumida aql bovar qilmas ishni amalga oshirdi. Buyuk Yurgen Kloppdan keyin jamoani qabul qilib olish oson vazifa emasdi va uning zimmasiga katta mas'uliyat tushgandi. Menimcha, u buni a'lo darajada uddaladi. Premer-ligada g'olib chiqish juda qiyin va buni men hammadan ko'ra yaxshiroq bilaman". Iraola "Liverpul"ga mos kelishi haqida "O'ylaymanki, potencial jihatdan ha, mos keladi. U "Bornmut"da ajoyib ishni bajardi va uning uslubi "Liverpul"ga to'g'ri kelgan bo'lardi, ammo keling, voqealardan ilgarilab ketmaylik. "Liverpul"dagi ish dunyoning ko'plab elita darajasidagi murabbiylari uchun jozibali hisoblanadi, shu bois u yagona nomzod bo'ladi deb o'ylamayman. Biroq uning "Bornmut"dagi faoliyati hamda ushbu klubdan "Liverpul"ga kelgan insonlar sababli, ular bir-birlarini juda yaxshi bilishadi. Shunday boshqa nomzodlar ham borki, ular "Liverpul"dagi ushbu lavozimni egallashni xohlashlariga ishonchim komil. Bu jahon futboli miqyosida juda muhim ish, ammo savolingizga javob beradigan bo'lsam, menimcha, [Iraola] nomzodini ko'rib chiqish kerak, ha", - dedi Jerrard.