"Real" - ketma-ket beshinchi yil dunyoning eng qimmat futbol klubi
29.05.2026 20:48 Ўқилди: 1022
Ispan klubining qiymati 9,5 milliard dollarga baholanmoqda. "Barselona" ikkinchi (7,5), "Manchester Yunayted" (7,2) esa uchinchi o'rinda qayd etildi. Dunyoning eng qimmat klublari o'ntaligiga "Liverpul" (6,2), PSJ (5,8), "Bavariya" (5,7), "Manchester Siti" (5,5), "Arsenal" (5,4), "Chelsi" (4,2) va "Tottenxem" (3) kiritildi.
Shunday qilib, "Real" 2025/26 yilgi mavsumda sovrinsiz qolgan bo'lsa-da, ketma-ket beshinchi yil dunyodagi eng qimmat futbol klubi deb topildi.