
Eslatib o'tamiz, avvalroq Madrid klubi futbolchilari 7 may kungi mashg'ulotda mushtlashib ketishgani, natijada urugvaylik yarim himoyachi shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgan edi - unda bosh miya jarohati aniqlanib, choklar qo'yilgan. Jamoadoshlar o'rtasidagi kelishmovchilik bundan bir kun oldin boshlangan edi. Klub har ikki futbolchini 500 ming evrodan jarimaga tortdi.
– "Real" kiyinish xonasidagi muhit buzilganmi?
– Men buni bilmayman, chunki u yerda emasman. Ko'pchilik "mushtlashuvlar bo'lib turadi, ammo bu haqdagi ma'lumot matbuotga chiqib ketgani nonormal holat" deb aytdi. Menimcha, muammo ma'lumot tarqalib ketganida emas. Asosiy muammo - bunday vaziyatlarning sodir bo'lishi va kiyinish xonasida ularning oddiy holdek qabul qilinishidadir.
Tizimda nimadir noto'g'ri ishlayapti. Shu sababli biz barcha jabhalarni - ham sport, ham moliyaviy tomonlarni professional darajaga olib chiqishimiz kerak. Har bir bo'limda o'z ishining ustalari faoliyat yuritadigan, aniq ierarxiya va unga nisbatan hurmat mavjud bo'lgan professional klubda bunday voqealar yuz bermasligi lozim.
– Yani, siz ierarxiyaga amal qilinmayapti, demoqchimisiz?
– "Real" muxlisi sifatida shuni ayta olamanki, hozirgi kunda klubga ierarxiya, professionallar, qadriyatlar va "Real"ning haqiqiy ruhi yetishmayapti. Bularning barchasi tansiq bo'lib qolgan.
– Valverde va Tchuameni o'rtasidagi mushtlashuv bilan bog'liq vaziyatni siz qanday hal qilgan bo'lardingiz?
– Men ushbu janjalning barcha tafsilotlarini bilmayman. Faqat matbuotga chiqqan gaplardan xabardorman va ularning qanchalik haqiqat ekanligiga ishonchim komil emas. Barcha detallar va voqeaning kelib chiqish tarixini bilmay turib, aniq bir fikr bildirish uchun menda ma'lumot etarli emas, – dedi Rikelme.
![]() | 20.05.2026 02:16 Ўқилди 5277 "Chelsi" "Tottenxem"ni mag'lub etdi, "shporlar"ning taqdiri oxirgi turda hal bo'ladi |
![]() | 17.05.2026 01:24 Ўқилди 4914 Ro'ziqul Berdiev: "Ikkinchi davra oldidan transfer qilmasak yana qiynalib qolamiz" |
![]() | 24.05.2026 00:24 Ўқилди 3774 "Bavariya" "Manchester Siti" yulduzini nishonga oldi |
![]() | 24.05.2026 02:44 Ўқилди 3305 Eron FIFA bilan terma jamoa qarorgohini AQSHdan Meksikaga ko‘chirish bo‘yicha kelishuvga erishdi |
![]() | 19.05.2026 23:48 Ўқилди 3214 Mareska "Siti" uchun himoyachi va yarim himoyachi sotib olmoqchi |
![]() | 18.05.2026 02:24 Ўқилди 3087 La Liga. "Barselona" o'z uyida "Betis"ga 3 ta gol urdi |
![]() | 23.05.2026 01:08 Ўқилди 3061 Kongo DR Jahon chempionatiga bora olmasligi mumkin |
![]() | 19.05.2026 21:16 Ўқилди 2946 Konte mavsum yakunida "Napoli"ni tark etadi |
![]() | 23.05.2026 23:56 Ўқилди 2701 "Liverpul" Salohning o'rinbosari uchun 170 million evro to'lashga tayyor |
![]() | 26.05.2026 01:32 Ўқилди 2643 "Real" prezidentligiga nomzod Rikelme Valverde va Tchuameni o'rtasidagi mushtlashuv haqida: "Tizimda nimadir noto'g'ri" |
Реклама
Сайт хақида