"Bolonya" sobiq hujumchisi Kannavaroni Anchelotti bilan, O'zbekistonni esa Koreya bilan solishtirdi
28.05.2026 20:16 Ўқилди: 314
- Siz A Seriyada Fabio Kannavaroga qarshi o'ynagansiz. Sizningcha, bunday darajadagi futbolchilar odatda qanday murabbiy bo'ladi?
- Hamma narsa bo'lishi mumkin. Masalan, Karlo Anchelotti ajoyib futbolchi edi va ulug' murabbiyga aylandi.
- Kannavaroning O'zbekiston terma jamoasini boshqarishi haqida gapiradigan bo'lsak, bu italiyalik murabbiy uchun g'ayrioddiy sinov. Bu haqda nima deysiz?
- Menimcha, ikki jihatning uyg'unligi: ishlash imkoniyati va qiziqarli sinov. O'zbekiston so'nggi yillarda sezilarli ravishda rivojlanmoqda va jamoa oldiga ma'lum maqsadlar qo'yilgan. Bundan tashqari, murabbiy uchun bu darajada o'zini ko'rsatish imkoniyati tug'ildi.
- U hozirda jamoani Jahon chempionatiga olib ketdi. Biroq natijalariga qarasak, hali murabbiy sifatida o'zini to'liq namoyon qila olmagan. Sizning bu boradagi fikringiz qiziq...
- Jahon chempionati har qanday holatda ham qiyin bo'ladi. Lekin bu o'zingizni ko'rsatish uchun ham yaxshi imkoniyat. Ehtimol, guruhdan chiqib, pley-offga yo'l olar. 2002 yildagi Koreyani eslang, o'shanda buni hech kim kutmagandi.
- Ha, biz hammamiz O'zbekiston terma jamoasini qo'llab-quvvatlaymiz. O'ylaymanki, siz ham kuzatib borasiz...
- Albatta. Tomosha qilish qiziq bo'ladi.
- Demak, Kannavaro va O'zbekiston terma jamoasi o'rtasidagi muvaffaqiyatli hamkorlikka ishonishimiz mumkinmi?
- Bazan hech kim kutmagan terma jamoalar porlaydi. Shunga o'xshash narsa sodir bo'lishi mumkin.