Vinisius "Real" kiyinish xonasida haqiqiy liderlar yetishmayotganini ta'kidladi
28.05.2026 19:48 Ўқилди: 81
"Bizda Nacho, Modrich yoki Kroos yo'q, Karvaxal jarohatda edi. Ular jamoaga katta tajriba berardi. Hozir Fede yoki men maydonda katta tajribaga egamiz, biroq kiyinish xonasida emas. Biz o'rganishda davom etishimiz kerak.
Keyingi mavsumda kiyinish xonamiz yaxshiroq bo'ladi. Birlashib, jamoa sifatida yaxshiroq bo'lamiz. Yana bir muvaffaqiyatsizlikka yo'l qo'yolmaymiz", – dedi braziliyalik futbolchi.
Madridliklar joriy mavsum birorta ham sovrin yutolmadi va Ispaniya La Ligasida 2-pog'onani band etdi.