Filipe Luis "Monako" bosh murabbiyi bo'lishga rozi - OAV
28.05.2026 18:48 Ўқилди: 258
Fabricio Romanoning xabar berishicha, 40 yoshli mutaxassisning shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan.
Avvalroq Filipe Luis "Bayer" bosh murabbiyi lavozimiga asosiy da'vogar ekanligi xabar qilingandi.
Filipe Luis mart oyida "Flamengo"ni tark etgandi. U bu jamoa bilan Braziliya chempionligi, Braziliya Kubogi, Braziliya Superkubogi va Libertadores Kubogini qo'lga kiritgandandi.
"Monako" 2025/26 yilgi mavsum Fransiya chempionatida 7-o'rinni egalladi.