Rasman: Neymar Braziliya terma jamoasining bo'lajak o'yinlarini o'tkazib yuboradi
28.05.2026 18:24 Ўқилди: 348
34 yoshli futbolchi boldir mushaklaridagi noqulaylik tufayli tibbiy ko'rikdan o'tdi. Braziliya futbol konfederatsiyasiga ko'ra, u 2-3 haftani o'tkazib yuboradi. U u jarohat tufayli Panama (1 iyun) va Misr (6 iyun) terma jamoalariga qarshi o'yinlarda ishtirok etmaydi.
11 iyunda boshlanadigan Jahon chempionatida Braziliya "C" guruhida Marokash, Gaiti va Shotlandiyaga qarshi o'ynaydi.