"Lacio" Sarri ketganini e'lon qildi. Klub yakunlangan mavsumda A Seriyada 9-o'rinni egalladi va Italiya Kubogi finaligacha yetib bordi
27.05.2026 20:08 Ўқилди: 725
Rim klubi 67 yoshli mutaxassisning bosh murabbiylik lavozimidan tomonlarning o'zaro roziligiga ko'ra ketganini e'lon qildi. Sarri 2025 yilning iyun oyidan buyon "Lacio"ni boshqarib kelayotgan edi. Bungacha u 2021 yildan 2024 yilgacha ham jamoani boshqargan. Yakunlangan mavsumda "burgutlar" A Seriya turnir jadvalida 54 ochko bilan 9-o'rinni egallashdi va Italiya Kubogi finaliga qadar yetib borib, unda "Inter"ga imkoniyatni boy berishdi (0:2). Avvalroq Sarri "Atalanta"ni boshqarishi, "Lacio"ning yangi murabbiyi esa Djennaro Gattuzo bo'lishi haqida xabarlar tarqalgan edi.