Mbappe ketma-ket ikkinchi marta "Real"da mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
27.05.2026 17:56 Ўқилди: 1101
Fransiyalik hujumchi muxlislar o'rtasida o'tkazilgan ovoz berish natijalariga ko'ra g'alaba qozondi. Mbappe ushbu mukofotga ketma-ket ikkinchi mavsumda loyiq ko'rilmoqda. 2025/26 yilgi mavsumda Mbappe 31 ta o'yinda 25 ta gol urib, La Liganing eng yaxshi to'purariga aylandi, shuningdek, turnirda 15 ta gol urgan holda Chempionlar Ligasida ham eng yaxshi bombardir bo'ldi.