
"Neftchi" klubi yordamchi murabbiy Xans-Yurgen Gedening jamoadan ketganini ma'lum qildi. Nemis murabbiyi yangi mavsum avvalidan boshlab Islom Ismoilovga assistent sifatida faoliyat olib borayotgan edi.
"Barchasi uchun rahmat, Xans-Yurgen Gede!
Jamoamiz murabbiylar shtabida faoliyat olib borgan tajribali germaniyalik mutaxassis Xans-Yurgen Gede bugun jamoamiz bilan do'stona tarzda xayrlashdi.
Faoliyati davomida mutaxassis jamoamizning rivojlanishi va yuksalishi yo'lida o'zining boy tajribasi, professional yondashuvi hamda qimmatli maslahatlari bilan murabbiylar shtabiga, xususan bosh murabbiyimiz Islombek Ismoilovga yaqindan ko'mak berib keldi. Uning futbol borasidagi bilim va tajribasi jamoamiz uchun muhim tayanchlardan biri bo'ldi.
Oilaviy sabablarni inobatga olgan holda Xans-Yurgen Gede jamoamizni tark etish qarorini qabul qildi. Klub ushbu qarorni chuqur hurmat bilan qabul qildi va qanchalik og'ir bo'lmasin, mutaxassis bilan xayrlashishga majbur bo'lmoqda.
Qisqa vaqt davomida jamoamiz bilan samarali faoliyat olib borgan murabbiy O'zbekiston Superkubogini qo'lga kiritishda o'z hissasini qo'shdi. Shubhasiz, uning mehnati va tajribasi jamoamiz tarixida unutilmas iz qoldiradi hamda u klubimiz rivojiga hissa qo'shgan insonlar safidan munosib o'rin egallaydi.
“Neftchi” PFK rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar hamda klubning barcha xodimlari nomidan Xans-Yurgen Gedega kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, oilaviy xotirjamlik, mustahkam sog'lik va omad tilaymiz.
Barchasi uchun rahmat, doktor Xans-Yurgen Gede!", -deyiladi klub xabarida.

![]() | 20.05.2026 02:16 Ўқилди 5289 "Chelsi" "Tottenxem"ni mag'lub etdi, "shporlar"ning taqdiri oxirgi turda hal bo'ladi |
![]() | 17.05.2026 01:24 Ўқилди 4917 Ro'ziqul Berdiev: "Ikkinchi davra oldidan transfer qilmasak yana qiynalib qolamiz" |
![]() | 24.05.2026 00:24 Ўқилди 3777 "Bavariya" "Manchester Siti" yulduzini nishonga oldi |
![]() | 24.05.2026 02:44 Ўқилди 3320 Eron FIFA bilan terma jamoa qarorgohini AQSHdan Meksikaga ko‘chirish bo‘yicha kelishuvga erishdi |
![]() | 19.05.2026 23:48 Ўқилди 3220 Mareska "Siti" uchun himoyachi va yarim himoyachi sotib olmoqchi |
![]() | 18.05.2026 02:24 Ўқилди 3087 La Liga. "Barselona" o'z uyida "Betis"ga 3 ta gol urdi |
![]() | 23.05.2026 01:08 Ўқилди 3064 Kongo DR Jahon chempionatiga bora olmasligi mumkin |
![]() | 19.05.2026 21:16 Ўқилди 2949 Konte mavsum yakunida "Napoli"ni tark etadi |
![]() | 23.05.2026 23:56 Ўқилди 2701 "Liverpul" Salohning o'rinbosari uchun 170 million evro to'lashga tayyor |
![]() | 26.05.2026 01:32 Ўқилди 2664 "Real" prezidentligiga nomzod Rikelme Valverde va Tchuameni o'rtasidagi mushtlashuv haqida: "Tizimda nimadir noto'g'ri" |
Реклама
Сайт хақида